Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent, Jizzax va Andijon viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Toshkent viloyatidagi holatda Ohangaron tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ rahbari hamda uning otasi, shuningdek, Qibray tumanidagi mahallalardan birining raisi o‘zaro kelishgan holda Ohangaron tumanida joylashgan mazkur MCHJga tegishli 270 gektar va unga tutash bo‘lgan tuman hokimligi zaxirasidagi 150 gektar, jami 420 gektar yerni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 700 ming dollar talab qilgan.

DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur uch nafar fuqaro so‘ralgan puldan 100 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ushlangan.

Jizzax viloyatining Forish tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari mazkur tumanda joylashgan boshqa ikkita MCHJga qarashli 50 gektar yerni go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, xaridorga 60 ming dollarga sotishni rejalashtirgan.

Shuningdek, ushbu 50 gektar yerdan 30 sotixini viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi yordamida noturar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga qo‘shimcha 4 ming dollar so‘ragan.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari hamda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi xaridordan 64 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Andijon viloyatida qayd etilgan holatda Oltinko‘l tumanida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 144 kvadrat metr bo‘sh yer maydonini aldov yo‘li bilan go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 38 ming dollar olgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh

Недавно

13.03.2023, 18:33

Ачинарли холат

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »