Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar Ukraina frontda bir qator muvaffaqiyatli qarshi hujumlarni boshlasa, bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kiyev shartlari asosidagi muzokaraga undashga yordam beradi, deyiladi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining kunlik hisobotida.

Foto: Facebook

Tahlilchilarning fikricha, Ukraina harbiylari jangovar harakatlar yo‘nalishini o‘zgartira olishga qodir ekanini namoyish qilishi kerak.

“Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasiga shunday zarar yetkazishi kerakki, Putin va unga yaqin doiralarga rus qo‘shinlarining harbiy amaliyotlarni davom ettirishi orqali urush natijalarini yaxshilashga umid qila olmasligi ayon bo‘lsin”, — deya tushuntirdi ekspertlar.

Ular buning uchun g‘alabalar “yirik bo‘lishi” zarurligini ham ta’kidladi.

“Urushni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish yoki Putinni jangovar harakatlarni to‘xtatishga majbur qilish istiqbollarini yaratish uchun Ukrainaga operativ darajadagi ko‘plab yirik g‘alabalar zarur”, — deyiladi hisobotda.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat o‘q-dori va qurol-yarog‘ yetishmasligi sababli hozircha qarshi hujumga o‘ta olmasligini ma’lum qilgandi. U mamlakat sharqidagi vaziyatni og‘ir deb baholadi.

“Biz hamkorlarimizdan o‘q-dorilar kelishini kutmoqdamiz”, — dedi Zelenskiy. “(Qarshi hujumni) hali boshlay olmaymiz”, — deb qo‘shimcha qildi u. Ukraina rahbarining qayd etishicha, Kiyev uzoq kuta olmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »