Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy hukumati Ukrainadagi urush jarayonini sinchiklab o‘rganib, Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklari va yutuqlaridan xulosa chiqarmoqda. Bular Xitoy armiyasi uchun Tayvan ustidan urushda yordam berishi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: depositphotos.com

“Dunyoning narigi tomonidagi ikki qudratli davlat o‘rtasidagi bilvosita kurashni Pekin potensial urushga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradigan qurol, harbiy kuch, razvedka bo‘yicha bebaho saboqlar manbai sifatida ko‘radi”, — deyiladi xabarda. 

The New York Times jurnalistlari Ukrainadagi voqealarni tahlil qilingan 100 ga yaqin xitoylik tadqiqot ishlari va ommaviy axborot vositalarini o‘rganib chiqqan. Birinchi navbatda xitoylik harbiy tahlilchilarni Tayvan uchun ehtimoliy jangda qanday innovatsiyalar va jangovar taktikalardan foydalanish qiziqtirgan. Xitoy Ukrainadagi orqa nishonlarga zarba berishda Rossiyaning gipertovushli qurollardan foydalanishini kuzatgan.

Pekin Ukraina qo‘shinlarining o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish va Rossiyaning Ukraina aloqalarini uzib qo‘yishga urinishlarini chetlab o‘tish uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalanishini tahlil qilgan. Xitoylik tahlilchilarning fikricha, Pekin Starlinkning o‘ziga xos analogini yaratishi va dushmanning o‘xshash tizimini ishdan chiqarish yo‘lini topishi kerak.

“Rossiya G‘arbni o‘zining yadroviy quroli bilan urushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishdan saqlay olgani xitoyliklarga yoqqan. Ular yadroviy qurol dasturini kengaytirishlari kerak, deb hisoblaydi”, — deyiladi xabarda.

Xitoylik tahlilchilar Rossiya armiyasining asosiy muammosini qo‘shinlarning moddiy-texnik ta’minoti va logistikada deb hisoblamoqda.

Ular Xitoy “kelajakdagi dengiz yo‘llari, orollarni egallab olish” haqida gap ketganda ham xuddi shunday muammolarga tayyorlanishi kerakligini ta’kidlamoqda. The New York Times Rossiyaning xatolarini o‘rganish Xitoyning Tayvan bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroda g‘alaba qozonishga qodir ekaniga ishonchini kuchaytirishi mumkinligini bildirdi.

“Xitoyning 225 milliard dollarlik rasmiy harbiy budjeti Rossiyanikidan qariyb uch baravar ko‘p, Xitoyning ulkan ishlab chiqarish va texnologik imkoniyatlari uning ko‘plab ilg‘or dronlar va rus armiyasida yetishmaydigan boshqa qurollarni ishlab chiqarishi mumkinligini anglatadi”, — deyiladi maqolada.

Rossiya-Ukraina urushidan xitoylar chiqargan yana bir xulosa — bu katta quruqlikdagi kuchlarni saqlab qolish, aviatsiya va dengiz floti rivojlanishi bilan ularni kamaytirmaslik zarurati.

“Buyuk davlat oqilona quruqlikdagi kuchlarni saqlashi kerak, aks holda u jang maydonida o‘z ustunligini yo‘qotadi”, — deb yozgan edi Singxua universitetining sobiq harbiy tadqiqotchisi U Daxuey.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »