Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 2017—2022-yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi. 

Foto: Bloomberg

Tahlil natijalariga ko‘ra, bu yillar davomida O‘zbekistonning Xitoyga eksportida ham, Xitoydan importida ham o‘sish kuzatilgan.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq hajmi 2017-yilda 4,8 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 8,9 milliard dollarga yetgan. Eksport hajmi 23,4 foizga, import hajmi esa 134,7 foizga o‘sgan. 

2022-yilda O‘zbekiston Xitoyga asosan mineral yoqilg‘i (849,5 mln dollar), xizmatlar (703 mln dollar), sanoat mahsulotlari (629,8 mln dollar), kimyo mahsulotlari (133,3 mln dollar) va oziq-ovqat mahsulotlarini (108,8 mln dollar) eksport qilgan. 

Xitoydan asosan mashinalar va asbob-uskunalar (3,6 mlrd dollar), sanoat mahsulotlari (1,3 mlrd dollar), kimyo mahsulotlari (821,9 mln dollar), turli tayyor mahsulotlar (470,8 mln dollar) va xizmatlar (90,2 mln dollar) xarid qilgan.

Mahalliy eksportchilar qimmatbaho metallar, organik kimyoviy birikmalar, shuningdek, meva va yong‘oqlarni Xitoy bozorida sotish bo‘yicha katta imkoniyatga ega. 

O‘zbekiston ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish uchun katta salohiyat mavjud. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Xitoyda bu mahsulotlarga talab barqaror o‘sgan va 2021-yilda qimmatbaho metallar importining umumiy hajmi 77,4 milliard dollarni, organik kimyoviy birikmalar importining umumiy hajmi 60,2 milliard dollarni, mevalar va yong‘oqlar importining umumiy hajmi 16,0 milliard dollarni tashkil etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »