Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko mamlakatning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi. Siyosatchi Germaniyaning Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalist vazir o‘rinbosaridan Qozog‘istonning xalqaro siyosati ko‘pincha ko‘p vektorli deb atalishi, ammo hozirgi vaziyat, jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush, G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarida bu qanday qo‘l kelayotganini so‘radi.

“Qanday qilib Qozog‘iston Rossiya, Xitoy va Yevropa bilan do‘stona munosabatda bo‘lib qolishga muvaffaq bo‘lmoqda?”, — deb so‘radi jurnalist.

Rasmiy tashrif bilan Berlinda bo‘lgan Roman Vasilenko Qozog‘iston ko‘p vektorli, muvozanatli, pragmatik tashqi siyosat yuritayotgani, mustaqillik yillarida bu davlat uchun boshqa alternativa yo‘qligini isbotlaganini aytdi.

“Biz bu vaziyatda (Rossiya-Ukraina konflikt) pozitsiyamizni juda aniq belgilab oldik. Bu BMT Nizomi asosida davlatlar hududiy yaxlitligini hurmat qilish zaruratidan iborat. Shu jumladan, albatta, Ukrainani. Bu pozitsiya hamma hamkorlarimiz uchun tushunarli. Biz Rossiya, Amerika yoki Xitoy tarafidagi pozitsiyani egallamasligimizni aniq aytamiz. Pozitsiyamiz Qozog‘iston taraf, bizning milliy tashqi siyosatimiz ostida milliy manfaatlarimiz yotadi”, — dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Bundan tashqari, u nega Qozog‘iston Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzini yoki harbiy jinoyatlarni aniq qoralamaganiga aniqlik kiritdi.

“Qozog‘iston o‘z pozitsiyasini aniq belgilab oldi. Bu BMT Nizomi asosida barcha davlatlarning, jumladan, Ukrainaning ham hududiy yaxlitligini hurmat qilish zaruratidan iborat. 20 million aholi, jumladan, 3,5 million ruslar, 250 ming etnik ukrainga ega Qozog‘iston uchun bu juda yaqin to‘qnashuv, fojiali urush.

Shuning uchun Qozog‘iston qon to‘kilishini to‘xtatish va mojaroni hal qilishga hissa qo‘shish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Qosim-Jo‘mart To‘qayev bir necha bor Qozog‘iston Rossiya va Ukraina tomonidan talab qilinsa, vositachi bo‘lishini aytgan”, — dedi Roman Vasilenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozircha vositachi bo‘lish taklifi kelib tushmagan, biroq tomonlar so‘rasa, Qozog‘iston bu rolda harakat qilishga tayyor. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ukrainada ham, Rossiyada ham kuchli reaksiyaga sabab bo‘lgan “buzilmas o‘tovlar” loyihasi haqida ham fikr bildirdi.

“Qozog‘iston Ukrainaga insonparvarlik yordamini, jumladan, generatorlar, oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berish shaklida ko‘rsatdi. Bu mavzu Qozog‘iston jamiyatida juda faol muhokama qilindi va uning eng faol vakillari turli aksiyalarda ishtirok etdi, jumladan, gumanitar yordam jo‘natish, buzilmas o‘tovlarni o‘rnatish. Qozoqlar uchun o‘tov muqaddas, ko‘chmas uy. Shuning uchun jamiyatimizda bu qadamlar juda yaxshi qabul qilindi”, — dedi Vasilenko.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »