Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Hindistonda 18 yoshli qiz akasi bilan janjal paytida telefonini yutib yubordi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqeadan so‘ng shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiyada ishtirok etgan va ismi oshkor etmagan shifokor oilaviy janjal haqida ma’lumot bergan. Aka-singil Xitoyda ishlab chiqarilgan uyali telefon uchun janjallashgan, jahli chiqqan qiz telefonini yutib yuborgan.

Ko‘p o‘tmay qizning qorinda kuchli og‘riq paydo bo‘lgan va ko‘ngil aynishi kuzatilgan. Shundan so‘ng u zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan. Yetib kelgach, jarrohlar qizni kompyuter tomografiyasi, rentgen va ultratovush tekshiruvi kabi bir qator tekshiruvlar o‘tkazgan. Shifokorlar ikki soatlik mashaqqatli operatsiyadan so‘ng bemorning tanasidan telefonni olib tashlashga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: The Times of India

Qizning ahvoli barqaror, telefoni olib tashlangan, operatsiya davomida unga 10 ta chok tushgan. Tez orada uning shifoxonadan chiqarilishi kutilmoqda. Shikofor 20 yillik shifokorlik faoliyati davomida bunday holatga birinchi marta duch kelganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »