Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zining betakror obrazlari bilan o‘zbek kinosida o‘chmas iz qoldirgan mahoratli ijodkor Murod Rajabov 7-aprel kuni 74 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. “Milliy” telekanalining “Millar” ko‘rsatuvida el ardog‘idagi ijodkorning so‘nggi kunlari qanday kechgani haqida hikoya qilindi. 



Ko‘rsatuvda aytilishicha, Murod Rajabov hayotining so‘nggi kunlari shifoxonada o‘tgan. O‘limidan uch kun avval unga uyga ruxsat berilgan edi.  
Shuningdek, ko‘rsatuvda marhum aktyorning hamkasblari ham u haqdagi xotiralarini so‘zlab bergan. 

“Kecha kechqun internetdan bu xabarni eshitib, qotib qoldim. Inson sifatida judayam hurmat qilardim. Yolg‘iz o‘g‘il edi. O‘zi uch-to‘rt yildan beri yotgan ekan. Qand kasalligiga chalingan ekan. Buning ustiga yana insult ham bo‘libdi. Asabi buzilganda. O‘ylaymanki, shunday ulug‘ ayyom kunlari vafot etdi, uning joyi jannatda bo‘ladi. Uni tomoshabinlari ham unutmaydi. Xudo rahmat qilsin”, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina To‘xtayeva. 

 “Tobutkashimiz Murodjonni kuzatib qaytyapmiz. Xudo rahmat qilsin. Murod bekorga yashamadi bu dunyoda. U yuz yilda bir tug‘iladigan aktyor edi”, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »