Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston mudofaa vaziri Xavaj Osif “Tolibon” hukumatini agar ular Pokistonga qarshi jangarilar faoliyatini jilovlay olmasa, Afg‘oniston ichidagi terrorchilar boshpanalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Tasnim

Osif OAVga bergan intervyusida aytishicha, Pokiston rasmiylari Kobulga tashriflari chog‘ida “Tolibon”ga chegara xavfsizligi bo‘yicha majburiyatlarini eslatishgan, shuningdek, ular Afg‘oniston hududidan Pokistonga hujum uchun foydalanishlariga yo‘l qo‘ymasligni bir necha bor ta’kidlagan.

“Agar majburiyatlar bajarilmasa, biz ayrim choralarni qo‘llashga majbur bo‘lamiz, bu esa Afg‘onistonning qayerida terrorchilar boshpanasi bo‘lsa, shu yerga yuqori aniqlikda zarba berishni anglatadi, chunki biz bu vaziyatga uzoq vaqt toqat qilolmaymiz”, — deydi Osif.

U shuningdek, Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonni Pokistondagi toliblar bilan Afg‘onistondagi toliblar orasida munosabatlar kuchayishiga ruxsat bergani uchun tanqid qilib, bu terrorchilarning qayta faollashishiga imkon berganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hukumat tepasiga kelganidan keyin Pokistondagi toliblar boshchiligida ko‘plab teraktlar sodir etilgan.

Islomobodda joylashgan Tinchlik tadqiqotlari instituti hisobotiga ko‘ra, Pokistonda 2022-yilda kamida 262 ta terakt qayd etilgan bo‘lib, shundan kamida 89 tasi uchun Pokistondagi toliblar javobgarlikni zimmasiga olgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »