Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘sh viloyati boshqarmasi tomonidan 17-aprel kuni o‘tkazilgan tadbirda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi

Qayd etilishicha, ular O‘zbekiston hududida taqiqda bo‘lgan “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkilotining Istanbul bo‘linmasiga aʼzolikda gumonlanmoqda.

Maʼlumotga ko‘ra, M.Z. hamda M.F. Qirg‘izistonga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan va soxta hujjatlar tayyorlatib, mamlakatdan chiqib ketishni rejalashtirgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fevral boshlarida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari boshchiligida diniy-ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun qidirilayotgan jinoyatchi Kishinyov shahridan Toshkentga yetkazilgandi. Shuningdek, Namanganda Telegram orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Farg‘onadan turib Suriyadagi terroristik tashkilotni moliyalashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar ozodlikdan mahrum etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »