Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har bir aktyor karyerasida burilish nuqtasi bo‘ladigan ajoyib rolni o‘ynashni orzu qiladi. Rejissor va prodyuserlar e’tiborini jalb qilish uchun ba’zilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning oldiga boradi. Boshqalar esa takliflarga beparvo munosabatda bo‘lishadi va olamshumul shuhrat keltiradigan rollarni rad etishadi.

Markus Chong — “Matritsa”

Foto: AdMe

Tenk rolini ijro etgan Markus Chong “Matritsa: qayta yuklash” va “Matritsa: inqilob” filmlaridagi rol uchun aqlbovar qilmas talablar qo‘yib, 500 ming dollar talab qilganidan so‘ng “Matritsa” filmidan chetlatilgan. U va uning advokatlari bilan muzokaralardan so‘ng, rejissorlar aktyorga ikkala film uchun 250 ming dollar to‘lashga tayyor edilar, ammo aktyor bunga ko‘nmaydi.

Chongning personaji asosiy emasligiga qaramay, u sujet uchun muhim va qaysidir nuqtada markaziy qahramonlarning omon qolishiga yordam beradi. Shunga qaramay, rejissorlar juda sodda va silliq qilib uning yo‘qligini qistirib ketishadi: “Matritsa: qayta yuklash”da Tenk qandaydir topshiriqni bajarish vaqtida halok bo‘lgani aytib o‘tiladi.

Shon Konneri — “Uzuklar hukmdori”

Foto: AdMe

Aktyor Shon Konneriga “Uzuklar hukmdori” filmidagi Gendalf rolini taklif qilishadi. Aktyor o‘zining ajoyib kino karyerasi bilan rejissorlar e’tiborini tortgandi. Prodyuserlari uni rozi qilish uchun 30 million dollar va kassaning 15 foizini taklif qilishadi. Biroq yulduz bu rolni rad etadi.

Birinchidan, Gendalf roli Yangi Zelandiyada uzoq muddatli suratga olishni o‘z ichiga olardi, bu aktyorning xohishi va rejalariga mos kelmasdi. Ikkinchidan, yillar o‘tib, ser Shon Konneri ssenariy bilan bog‘liq xavotirlar tufayli roldan voz kechganini tan oladi, u shunchaki ssenariyni tushunmagan.

Mishel Pfayffer — “Qo‘zilar sukunati”

Foto: AdMe

Mishel Pfayffer “Qo‘zilar sukunati” filmida bosh qahramon Klaris rolini o‘ynash taklifini olgan birinchi aktrisalardan biri bo‘lib, keyinchalik bu kult filmiga aylandi. Biroq u loyihaga qiziqqaniga qaramay, rolni rad etadi. Bunga shunday qo‘rqinchli va dahshatli ssenariy asosida suratga tushishni istamagani sabab bo‘ladi. U bunday obraz yaratishni xohlamaydi, ayniqsa oxirini hisobga olgan holda.

Keti Xolms — “Qora ritsar”

Foto: AdMe

“Betmen: Muqaddima” filmidagi muvaffaqiyatdan so‘ng, Keti Xolmsga “Qora ritsar” filmidagi Reychel Dous rolini taklif qilishganda, aktrisa boshqa obrazlarni sinab ko‘rish va boshqa rollarni o‘rganish zarurligini his qilib, bu taklifdan voz kechadi.

Umuman olganda, aktrisaning ta’kidlashicha, bu hayotining o‘sha davri uchun to‘g‘ri tanlov edi. Biroq tashqaridan u o‘zini oqlamagandek ko‘rinadi, chunki Xolms afzal ko‘rgan “Oson topilgan pul” filmi kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, “Qora ritsar” esa katta muvaffaqiyatga erishadi.

Jorj Lazenbi — “Jeyms Bond”

Foto: AdMe

Avstraliyalik aktyor Jorj Lazenbi franshizani shoshilinch tark etib, unutilib ketishdan oldin faqat bitta filmda Jeyms Bond rolida paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, buning sabablari juda ko‘p. Birinchidan, aktyor va rejissor Piter Xant o‘rtasidagi adovat aqlbovar qilmaydigan darajaga yetadi. Ikkinchidan, Lazenbi uni uslub va go‘zallik timsoliga aylantirishayotganini umuman yoqtirmasdi va u ko‘proq Klint Istvudga o‘xshashni xohlardi.

Biroq voqelik oxir-oqibat avstraliyaliklarning kutganlariga to‘g‘ri kelmadi. Bitta roldan keyin garchi muvaffaqiyatli bo‘lsa ham, unga ish topish qiyin bo‘ldi va hammasi unchalik mashhur bo‘lmagan film va loyihalarda ishtirok etish bilan cheklandi. Keyinchalik Lezenbi Bondni tark etish xato bo‘lganini tan oldi.

Reychel Makadams — “Qattiqqo‘l xonim”

Foto: AdMe

Ma’lum bo‘lishicha, “Qatttiqqo‘l xonim” filmidagi Endi Saksning roliga dastlab Reychel Makadams taklif qilingan, ammo aktrisa 3 martada ham qat’iyan rad etgan. Buning sababi aniq emas: “Xotiralar kundaligi” va “Yomon qizlar” filmlarining global muvaffaqiyatidan so‘ng, Makadams e’tibordan biroz charchagan va unchalik katta bo‘lmagan rollarni o‘ynashga qaror qilgan.

Ammo Enn Xeteuey kinokompaniyaning sobiq prezidenti Elizabet Gablerga qo‘ng‘iroq qiladi va kompaniya rahbarining ofisiga kelib, bu rolga munosib ekaniga uni ishontiradi. Meril Strip esa aktrisaning taqdirida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U Xeteueyning iste’dodini yuqori baholab, ular birgalikda ajoyib obraz yaratishlariga direktorni ishontiradi.

Styuart Taunsend — “Uzuklar hukmdori”

Foto: AdMe

Aragorn rolini Viggo Mortensendan boshqa aktyor o‘ynashini tasavvur qilish qiyin. Biroq irlandiyalik aktyor Styuart Taunsend filmni suratga olish boshlanishidan bir hafta oldin ishdan bo‘shatilguncha, bu rolni o‘ynashi kerak edi. Hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga qaramay, u bilan ishlash biroz qiyin bo‘lgan.

Masalan, Taunsend mashg‘ulotlarni, shu jumladan uning qahramoni uchun muhim bo‘lgan xavfsizlik va qilichbozlik saboqlarini ochiqchasiga o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, aktyor go‘yo yoshi tufayli o‘ziga ishonmagan va ba'zida shu qadar yolg‘izlanib qolganki, hamkasblariga u umuman filmda rol o‘ynashni xohlamagandek tuyulardi. Keyin rejissor Piter Jekson Taunsendning suratga olish ishlariga bardosh bera olishiga shubha qila boshlaydi va uning o‘rniga boshqa aktyor topishga qaror qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »