Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hamma joyda muxlislar olomoni, paparatssilar ta’qibi, keng ko‘lamli tadbirlar. Bularning barchasi jahon yulduzining odatiy kuniga aylangan. Lekin ba'zi mashhurlarga bunday hayot umuman yoqmaydi. Shovqinli kechalar va uyda dam olish tanlovi qo‘yilsa, ular ikkinchisini tanlashadi.

Kianu Rivz

Foto: Getty Images

2005-yilda Time jurnali aktyorni “Gollivudning eng katta introverti” deb topdi. Kianu Rivz hamon bu nomga mos keladi. Jon Uik ommaning diqqat markazida bo‘lishni xohlamaydi. Ko‘pincha aktyorni parkdagi skameykada yolg‘iz ko‘rish mumkin.

Jonni Depp

Foto: Getty Images

Yulduz ekrandagi qahramonlari kabi bir tekis xotirjam hayotni orzu qiladi. Afsuski, Jonni Deppning kasbi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Yulduz tashqariga chiqishdan qo‘rqadi, chunki muxlislari uni ta’qib qilishadi.

“Men turli joylarga borishni, yangi narsalarni ko‘rishni va odamlar bilan uchrashishni yaxshi ko‘raman, lekin odamlar o‘ylaganchalik ekstrovert emasman. Xarid qilish uchun supermarketga chiqqanimda selfi tushmoqchi bo‘lgan odamlar orasida qolib ketishim mumkin. Men bunga qarshi emasman, lekin ba'zida juda gavjum bo‘lib ketadi”.

Zeyn Malik

Foto: Getty Images

Zeyn Malik yomon ko‘radigan yagona narsa bu — tadbirlarga son-sanoqsiz takliflar. U faqat odob yuzasidangina yulduzli kechalarga boradi. Darhaqiqat, uning yomon bola qiyofasi ortida kamtarinlik yotibdi.

“Menimcha, introvert xarakterim ba’zida noto‘g‘ri tushuniladi, shuning uchun odamlar meni yomon bola deb bilishadi, lekin aslida men biroz uyatchan va odamoviman”.

Bleyk Layvli

Foto: Getty Images

Aktrisaning qizil gilamdagi har bir chiqishi muxlislar uchun bayramga aylanadi. Rayan Reynoldsning turmush o‘rtog‘i yuqori darajadagi kechalarga bormaydi. U o‘zini to‘rt farzandni tarbiyalashga bag‘ishlaydi. Shov-shuvlarni yaxshi ko‘radigan “G‘iybatchi qiz”dagi qahramoni Serena bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

“Men hech qachon shunchaki dam olish uchun kechalarga bormayman. Menga bu umuman qiziq emas. Men jonli musiqa tinglashni yaxshi ko‘raman — bu, ehtimol, o‘z xohishim bilan klubga borishimning yagona sababidir”.

Kristen Styuart

Foto: Getty Images

“Sumerki” yulduzi kamdan-kam intervyu beradi. Muxbirlar Kristen Styuart bilan gaplashishga muvaffaq bo‘lishsa ham undan batafsil javob olisholmaydi. Gap shundaki, aktrisa o‘zining ishonchsizligi va qo‘polligi tufayli matbuotdan qochadi.

“Jurnalistlar bilan shaxsiy hayotimni muhokama qilishga tayyor emasman va hatto qarindoshlarimga ham yangi mashg‘ulotlarim haqida aytmayman. Men boshqalar uchun yopiqman, har doim shunday bo‘lganman — men introvertman”.

Bella Hadid

Foto: Getty Images

Sayyoradagi eng go‘zal qiz qanday dam olishini bilmoqchimisiz? Divanda yotish. Bella Hadid dam olish kunlarini tungi klublarda o‘tkazadigan davrdan allaqachon o‘tgan. Endi model yolg‘iz dam olishni afzal ko‘radi.

“Odamlar meni ziyofatlarni yaxshi ko‘radi deb o‘ylashadi, lekin bu o‘tmishda bo‘lgan. Men ham boshqalar kabi videoo‘yinlar o‘ynayman, filmlar tomosha qilaman, bolaligimizda Jiji va Bella bo‘lgunimizcha qilgan barcha ishlarni qilaman”.

Zendaya

Foto: Getty Images

Aktrisa 14 yoshidan beri shou-biznesda. Zendaya mashhurlikdan allaqachon charchagani ajablanarli emas. U yoshligida mashhur bo‘lib, keyinchalik karyerasini barbod qilgan Lindsi Lohanning izidan bormadi. Zendaya tartibsiz turmush tarzini olib boradigan va aqldan ozdiruvchi tungi ziyofatlarda qatnashadiganlardan emas.

Rianna

Foto: Getty Images

Rianna hozirda o‘g‘lini tarbiyalayapti, ikkinchi farzandiga ham homilador. Oilaviy tashvishlardan tashqari, ijrochi o‘zining Fenty brendi ustida ishlamoqda.

“Yaqinda men enagaga aylandim. Avvaldan bazmlarni yomon ko‘rardim. Balki poshnali poyabzallar tufaylidir — ularda soatlab turishni yoqtirmayman. Bularning barchasi meni zeriktirdi. Men hech narsa qilmaslikni yaxshi ko‘raman — buni tan olishdan uyalaman”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »