Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

26-aprel kuni ertalab Tojikiston xavfsizlik kuchlari Afg‘onistondan Tojikistonga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan ikki qurolli jangarini otib o‘ldirdi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) maʼlumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar Tojikiston hududida terakt uyushtirishni rejalashtirgan, deb yozadi “Xovar” nashri huquq-tartibot idorasi matbuot xizmati bayonotiga tayanib.

Foto: Asia Plus

Hodisa Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati Vanch tumani Dashti Yazg‘ulom qishlog‘idagi “Darvaz” chegara otryadiga qarashli 11-uchastka qo‘riqlash hududida sodir bo‘lgan.

“Respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma aksilterror operatsiyasi natijasida terrorchilar zararsizlantirildi”, — deyiladi MXDQ matbuot xizmati xabarida.

Voqea joyida 2 ta Kalashnikov avtomati, 2 ta xorijda ishlab chiqarilgan to‘pponcha, 8 ta qo‘l granatasi, 12 ta patronli o‘qdon, 19 o‘ram portlovchi modda, 2 ta maxsus aloqa uskunasi va halok bo‘lganlarga tegishli 2 ta uyali telefon topilib, musodara qilingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, terrorchilar va jinoyatning boshqa sheriklarini to‘liq aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv va tergov tadbirlari olib borilmoqda.

Aksilterror operatsiyasi davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari va tinch aholi vakillari jabrlanmagan, deya taʼkidladi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »