Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik xolesterinni ko‘paytirish xavfi tufayli parranda tuxumini kundalik ratsioniga kiritishdan qo‘rqadi. Keling, bu uydirma gapga chek qo‘yaylik — tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qondagi “zararli” xolesterin kontsentratsiyasi amalda tuxum sarig‘idan holi hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu to‘yimli mahsulotni mo‘tadil, ammo muntazam iste’mol qilish haqiqatan ham tanada aql bovar qilmaydigan nihoyatda ajoyib o‘zgarishlarni amalga oshirishi mumkin! Bir vaqtning o‘zida o‘nlab tuxumni sotib olishga undaydigan tuxum haqidagi 10 ta qiziqarli fakt bilan tanishing, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Xolesterin darajasini tartibga soladi

Xolesterin foydali va zararli bo‘ladi. Fosfolipidlarning yuqori konsentratsiyasi tufayli tuxum faqat uning “foydali” versiyasini o‘z ichiga oladi. Shu tufayli mahsulot ateroskleroz xavfini kamaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklaridan himoya qiladi.

Immunitetni oshiradi

Kasalliklar va viruslarga qarshi ishonchli qalqon qurish uchun kuniga bir yoki ikkita tuxumni iste’mol qilish yetarlidir.

Mushak massasini to‘ldiradi

Tanamiz 11 ta aminokislota ishlab chiqaradi va “to‘liq to‘plam” uchun qolgan 9 tasi tuxumda mavjud. Ularning yetishmovchiligi mushak massasining yo‘qolishiga, teri va soch muammolariga, zaiflik va immunitet yetishmasligiga olib keladi.

Miya faoliyatini oshiradi

Tuxum tarkibidagi xolinning ko‘p miqdori hujayra membranalariga va umumiy farovonligimizga katta ta’sir qiladi. Aynan u kayfiyatni yaxshilaydi, fikrlash jarayonlarini faollashtiradi, miya sklerozini oldini oladi, organizmga zarur energiya va kuch beradi.

Tish va suyaklarni himoya qiladi

Tuxum D vitaminining noyob tabiiy manbai bo‘lib, terimiz va tishlarimiz salomatligiga, go‘zalligiga ijobiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, tuxum organizmga kalsiyni singdirishga yordam beradi va metabolizm uchun ham zarurdir.

Yuz rangini yaxshilaydi

Tuxumda ko‘p bo‘lgan B2, B5 va B12 vitaminlari nafaqat serjilo sochlarning o‘sishiga yordam beradi, balki yuzning sog‘lom porlab turishini ta’minlaydi. Xuddi shu vitaminlar miya va jigar faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.

Ko‘rlikdan saqlaydi

Tuxum tarkibidagi lyutein va zeaksantin yoshga bog‘liq degeneratsiya va katarakta xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Aynan shu ko‘rlik va boshqa ko‘rish muammolarining ikkita asosiy sababidir.

Ortiqcha vaznni yo‘qotadi

Tuxum vazn yo‘qotish uchun ideal oziq-ovqat hisoblanadi. U me’yorida iste’mol qilinganda yog‘larni eritib, stresslarsiz qo‘shimcha ozishga yordam beradi.

Tez to‘yintiradi

Tuxum to‘yinganlik ko‘rsatkichi bo‘yicha ro‘yxatning yuqori qismidadir. Ya’ni ularning diyetada doimiy mavjudligi sababidan sizni cheklab bo‘lmaydigan ishtaha qiynamaydi.

Stressni yengillashtiradi

Takroriy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tuxum tarkibidagi aminokislotalar ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: xavotir hissini va stress darajasini pasaytiradi.

Mavzuga doir:

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »