Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oziq-ovqat mutaxassislari va diyetologlar quyidagi mahsulotlarni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ham iste'mol qilishga ruxsat berishadi. Ular qanday sharoitlarda xavfsiz bo‘lishi va qancha vaqt saqlanishi mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.

Tuxum

Foto: Abobe Stock

Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin yana 3-4 hafta saqlash mumkin. Biroq faqat ularni muzlatkichda saqlash kerak. “Ko‘plab hayvon mahsulotlari singari tuxum ham tez buziladi, ya’ni ular tezda yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin, — deydi Sofiya Norton, tibbiyot fanlari doktori va Kiss My Keto uchun ro‘yxatdan o‘tgan diyetolog. — To‘g‘ri ishlov berish bilan ularning saqlash muddatini bir necha kunga uzaytirish mumkin. Muzlatkichda 4°C da saqlansa, qadoqlanganidan keyin to‘rt-besh hafta davomida iste’mol qilish xavfsizdir”.

Qattiq pishloq

Parmezan kabi qattiq pishloqlar vaqt o‘tishi bilan eskirish belgilarini ko‘rsata boshlasa ham yaroqlilik muddatiga bir necha hafta qo‘shishingiz mumkin. “Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ular yuzasida oq yoki ko‘k-yashil mog‘or paydo bo‘lishi mumkin. Shunchaki ularni qirib tashlang yoki zararlangan qismlarini kesib oling, — deydi Sofi Norton. — Qattiq pishloqlar past namlikka ega bo‘ladi, bu bakteriyalar ko‘payishini qiyinlashtiradi, chunki ko‘pchilik bakteriyalar nam muhitni afzal ko‘radi”.

Sut

Foto: Abobe Stock

“Sutni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin bir haftagacha saqlash mumkin, — deydi Megan Vong, MD, AlgaeCal kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tgan diyetolog. — Agar ishonchingiz komil bo‘lmasa, ayniganini bilish uchun hidlab ko‘ring”.

Yogurt

Nortonning aytishicha, ochilmagan yogurtlarni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin uch haftagacha iste’mol qilish mumkin. “Yogurt probiyotiklar va sut kislotasi bakteriyalari qo‘shilishi bilan yomon bakteriyalarni yo‘q qilishga yordam beradi, — deb tushuntirdi Sofiya. — yogurtda bir oz zardob borligini sezishingiz mumkin — bu normal holat va tashvishlanishga hojat yo‘q”.

Non

Foto: Abobe Stock

Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin yana 5-7 kun yeyish mumkin. Muzlatkichda - 3-6 oy saqlasa ham bo‘ladi. “Nonning yaroqlilik muddati tugaganidan keyin yana besh-yetti kun saqlash mumkin, — deydi Megan Vong. — Ammo mog‘ordan ehtiyot bo‘ling, ayniqsa nam muhitda saqlangan bo‘lsa. Nonni salqin va quruq joyda saqlagan ma’qul. Uning saqlash muddatini uzaytirmoqchi bo‘lsangiz, muzlatkichda saqlang — bunda uch oydan olti oygacha saqlanadi. Albatta, u bir oz yangiligi va ta'mini yo‘qotadi, lekin yeyish mumkin bo‘ladi”.

Ildizmevalar

Bu lavlagi, sabzi, turp, rediska kabi sabzavotlarga tegishli. Ular muzlatkichda bir yoki ikki hafta davomida osongina saqlanadi. Amerika pazandachilik instituti o‘qituvchisi Jennifer Kaplan: “Ko‘plab ildizmevalarni ta'mi juda oz yoki umuman o‘zgarmagan holda bir necha hafta davomida saqlanishi mumkin”, — deydi. Umuman olganda, mahsulot qanchalik yangi bo‘lsa, unda qancha suv va yog‘ bo‘lsa, shunchalik tez buziladi. Buning sababi shundaki, namlik mikroorganizmlarni ko‘paytiradi va yog‘lar issiqlik, yorug‘lik va havo ta'sirida oksidlanadigan yog‘larni o‘z ichiga oladi, bu esa achishga olib keladi.

Yong‘oqlar

Aksariyat yong‘oqlar yaxshi saqlanadi (va qo‘shimcha haftalar yoki hatto oylar davom etishi mumkin), chunki ularda namlik ko‘p emas, yog‘lilari tezroq buziladi. “O‘t yoki bo‘yoq hidi, to‘q yoki yog‘li ko‘rinishga ega quruq, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari yoki qadog‘i shikastlanganlarni iste'mol qilmang”,— deb ogohlantiradi Davlat oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisi Jenilin Hatchings.

Un, tuz, shakar, soda

Foto: Abobe Stock

Quruq ingrediyentlar yaroqlilik muddati tugaganidan keyin yana 1-2 oy davomida xavfsiz saqlanadi. Ushbu turkumga oq un, soda, tuz, pishirish kukuni va shakar kiradi. “Quruq ingrediyentlarda namlik yo‘qligi sababli ular odatda bakterial o‘sishga kamroq sezgir bo‘ladi, — deydi Jenilin Hatchings. — Ayniqsa, tuz hech qachon buzilmaydi, chunki unda bakteriyalar ko‘payishini qo‘llab-quvvatlovchi vositalar yo‘q va u ko‘pincha konservant sifatida ishlatiladi. G‘ayritabiiy hid yoki zararkunadalar bilan zararlanish belgilari bo‘lgan quruq ingrediyentlarni iste'mol qilmang”.

Makaron va guruch

“Makaron quruq mahsulot, shuning uchun u osonlikcha aynimaydi. Xuddi shu narsa butun donli makaron uchun ham amal qiladi, — deb tushuntiradi Sofiya Norton. — Shuning uchun ulardan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ham foydalanish mumkin”. Bu pishirilmagan guruch, shuningdek, pishirilmagan jo‘xori va jo‘xori uniga ham tegishli.

Asal

Foto: Abobe Stock

Asal hech qachon aynimaydigan mahsulotlardan bir. Uni deyarli cheksiz saqlash mumkin, chunki u namlik miqdori past bo‘lgan mahsulot. Buning natijasida odatda oziq-ovqat mahsulotlarini buzadigan bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarning ko‘payishi ehtimoli past. Bundan tashqari, asal kislotali. Yuqori kislotalilik asalda omon qolishga harakat qiladigan boshqa bakteriyalar yo‘q qilinishini anglatadi. Shuning uchun agar asal to‘g‘ri qadoqlangan va quruq joyda saqlansa, uning yaroqlilik muddati hech qachon tugamaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »