Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti va Abu-Dabi amiri Xalifa ibn Zayd al-Nahayon uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi. U sayyoradagi eng badavlat odamlardan biri edi. “Wday.ru” nashri hukmdor qanday yashagani va shayxlardan yana kimlar hashamatli saroy va yaxtalar sotib olishga qodirligi haqida ma’lumot beradi.

BAA prezidentining Abu-Dabidagi saroyi

Foto: Legion Media

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa ibn Zayd al-Nahayon dunyodagi eng boy hukmdorlardan biri hisoblanardi. Uning shaxsiy boyligi 15 milliard dollardan ortiq, oila a’zolarining boyligi esa 150 milliard dollarga baholangan. Aqlbovar qilmaydigan boylik unga o‘z saroylaridagi hovuz va favvoralarni Fransiyaning Evian shahri yaqinidagi buloqlardan yig‘ilgan mineral suv bilan to‘ldirishga imkon beradi. Shayx esa dunyo bo‘ylab joylashgan qarorgohlarining sonini eslay olmasdi ham.

Misol uchun, Madrid yaqinida uning hashamatli qasri bor, unga 15 kishi qarab turadi, prezidentning o‘zi va uning oilasi u yerda hech qachon bo‘lmagan. Birgina Londonda shayxning 140 dan ortiq uylari bor.

Shayx Abu-Dabidagi prezident saroyida muhim mehmonlarni qabul qiladi. U yerdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan banket zali bo‘lib, barcha stollarga 149 000 dona chinni idish-tovoq qo‘yilgan. Uydagi tilla unitaz haqida gapirish noqulay bo‘lsa-da, ular uchun bu mutlaqo tabiiy hol.

Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media

Shayx Muhammadning Dubaydagi saroyi

Foto: Legion Media

Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktum BAA bosh vaziri va vitse-prezidenti hisoblanadi. Shayx juda badavlat bo‘lib, uning shaxsiy boyligi 4 milliard dollardan oshadi. Aytishlaricha, uning uyidagi konfetlar o‘rami iste’mol qilsa bo‘ladigan oltindan tayyorlangan.

Muhammad dunyodagi zotdor otlarning egasi, otxona uchun noyob o‘t to‘g‘ridan to‘g‘ri Avstraliyadan keltiriladi. Saroy arabcha uslubda qurilgan va uni faqat tashqi tomondan ko‘rish mumkin. Turistlarga xiyobon bo‘ylab asosiy arkkacha va orqaga taksida to‘xtovsiz sayohat qilishlari mumkin.

Chet elliklar saroyga kirishlari mumkin emas, shuning uchun qimmatbaho toshli qandillar, qizil yog‘ochdan yasalgan mebellari, naqshinkor devorlar, shoyi va ipak matolarni faqat rasmiy fotosuratlardan tomosha qilish mumkin.

Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media

Bruney sultoni saroyi

Foto: Legion Media

“Nur ul-iymon” (“Iymon nuri”) deb nomlangan saroy Bruney sultoni Hassanal Bolkiahning asosiy qarorgohi hisoblanadi. Nurulning boyligi 20 milliard dollarga baholangan va uning qarorgohi dunyodagi eng katta bino hisoblanadi. U hatto eng katta turar joy majmuasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. 200 ming kvadrat metr hududdagi uyda 1788 xona, 257 hammom, 18 lift, 5 ta suzish havzasi, 5 ming kishilik zali va 1,5 ming nafar namozxon uchun masjid bor.

Garaj shunday qurilganki, u kamida 110 ta mashinani sig‘dira oladi, otxona esa 200 otga mo‘ljallangan. Hatto oltin bilan qoplangan hojatxona cho‘tkalari ham hashamatdan darak beradi. Bundan tashqari, sultonning yana uchta saroyi bor.

Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media

Shayx Isoning Bahrayndagi uyi

Foto: Legion Media

Bahrayn davlatining birinchi amiri Iso ibn Salmon al-Xalifa 1999-yilda vafot etgan. Uning o‘rniga Hamad II bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘li taxtga o‘tirdi va u otasining hozirgacha uning nomi bilan ataladigan ulkan uyini meros qilib oldi.

Turar joyning tarixi 1800-yilga borib taqaladigan saroyda masjid ham qurilgan. Bu yerda qirol oilasining bir necha avlodlari farzandlari va nabiralarini tarbiyalagan. Bu nafaqat uy, balki yuqori martabali mehmonlarni qabul qilish uchun villa hisoblanadi. Hozirda saroy omma uchun ochiq, sayyohlarga ham saroyni tomosha qilishga ruxsat beriladi.

Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media
Foto: Legion Media

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »