Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

The Washington Post nashri “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin Kiyevga rus armiyasi joylashuvi haqidagi ma’lumotni berish evaziga Baxmutni tark etishni taklif etgani haqida ma’lumot berdi. Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi mazkur xabarga munosabat bildirdi

Foto: “TASS”

Ukraina razvedkasi vakili Andrey Yusov razvedkaning rossiyalik yollanma askarlar bilan aloqasi kim uchun foydali, degan savolga javob berdi. U Ukraina hududlarini ozod qilish uchun maxsus xizmatlar turli vositalarga murojaat qilishini taʼkidladi.

“O‘ylaymanki, Ukraina va maxfiy xizmatlar kerak bo‘lganda bunday narsalarni muhokama qiladi va Ukrainaning milliy manfaatlaridan kelib chiqib javob beradi. Shubhasiz, Ukraina o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda. Agar gap maxsus xizmatlar haqida ketayotgan bo‘lsa, buning uchun turli vositalar qo‘llanadi”, — dedi Yusov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH allaqachon The Washington Post nashridagi fakt bo‘yicha tekshiruv boshlagan.

“AQSH Adliya vazirligi tomonidan rasmiy tekshiruvlar olib borilayotgan bu ish bo‘yicha siz va men izoh berishimiz kerak deb o‘ylamayman”, — dedi Yusov.

WP: Prigojin Ukrainaga qanday taklif berdi? 

The Washington Post Pentagonning sizdirilgan maxfiy ma’lumotlariga tayanib, “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin yanvar oyida Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedkasiga noodatiy taklif berganini yozdi

Taklifda Ukraina qo‘shinlarini Baxmutdan olib chiqib ketish evaziga Prigojin Ukrainaga rus qo‘shinlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni uzatishga va’da bergan. Ukrainaning ikki amaldori anonim tarzda The Washington Post nashriga Prigojinning Ukraina qurolli kuchlari bilan “qayta-qayta” suhbat o‘tkazganini tasdiqladi. Kiyev Baxmut haqidagi taklifga rozi bo‘lmagan. Manbalardan biriga ko‘ra, bu taklif bir necha bor ilgari surilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »