Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiya urushda yaralangan ukrainalik askarlarni davolash uchun qabul qiladi, Ukrainaga 100 ta harbiy yuk mashinasi va boshqa transport vositalari, shuningdek, armiya uchun 30 ming to‘plam oziq-ovqatni topshiradi. Bu haqda “TASS” Yaponiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Yaponiya TIV ma’lum qilishicha, bosh vazir Fumio Kisida Xirosimada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli va’dani bergan. Bosh vazir, shuningdek, Ukrainaga har tomonlama, jumladan, mamlakat infratuzilmasini tiklashga qaratilgan yordamni davom ettirishini aytgan.

Yaponiya 19–21-may kunlari Xirosima shahrida “Yettilik guruhi” davlatlarining (G7) sammitiga mezbonlik qildi. Dastlab, Zelenskiy unda videoaloqa orqali ishtirok etishi taxmin qilingan edi. Biroq keyinchalik u uchrashuvda shaxsan ishtirok etish istagini bildirdi. Prezident 20-may kuni Xirosima aeroportiga Fransiya hukumatining samolyoti bilan yetib keldi.

Katta yettilik sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Zelenskiy Yaponiyadagi atom bombasi tashlanganidan so‘ng vayron bo‘lgan Xirosima shahri suratlari Baxmutdagi hozirgi manzaraga o‘xshash ekanini aytdi. Shu bilan birga, u hozir Xirosima zamonaviy, tinch, rivojlanayotgan shahar ekanini ta’kidladi. Kelajakda Baxmutni ham xuddi shunday o‘zgarishlar kutayotganiga umid bildirdi.

Bunga Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova “ikkalasiga ham Oq uy javobgar” deya munosabat bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »