Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2022-yilning oxirida Jeyms Kemeronning “Avatar: Suv yo‘li” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Mett Deymon yaqinda bergan intervyularining birida “Avatar” filmidagi rolidan voz kechgani haqida gapirib berdi.

Foto: Peopletalk 

Yangi reklama kampaniyasida Zoe Saldana bilan birga rol o‘ynagan Mett Deymon “Avatar” filmida suratga tushish taklifini rad etganini “Faoliyati davomidagi eng ahmoqona ishi” deb atadi.

“Menimcha, sizning martabangiz bu tufayli zarar ko‘rmadi, menga ishoning”, — deb Zoe uni ishontirishga harakat qilgan.

“Men hech qachon bir milliard dollar ishlab topgan filmda suratga tushmaganman”, — deydi aktyor.

Ma’lumot uchun, “Avatar” filmida Zoe Saldanadan tashqari Sem Uortington, Sigurni Uiver, Keyt Uinslet va boshqa aktyorlar rol o‘ynagan. 2009-yilda chiqarilgan “Avatar” filmining birinchi qismi esa barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan filmi bo‘lib qolmoqda. U kassada rekord darajadagi mablag‘, ya’ni 2,9 milliard dollar ishlab topgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »