Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Olimlar sayyoramizning odamlar eng uzoq umr ko‘radigan 5 ta hududlari aholisining ovqatlanishi boshqalarnikidan keskin farq qilishini aniqladilar. “Noviy ochag” nashri ular qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlarini to’pladi.

Yapon diyetasi

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘p yillar davomida Yaponiya umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu mamlakatdagi parhez O‘rta Yer dengizi taomnomasini eslatadi. Yaponlar sabzavot, meva, baliq va dengiz mahsulotlarini birinchi o‘ringa qo‘yishadi — ular har kuni bu mahsulotlardan yeydilar. Shuningdek, suv o‘tlari va soya mahsulotlari. Yaponlar tovuq go‘shtini tez-tez iste’mol qiladilar, ammo go‘sht ularning ratsionida kam uchraydi. Ayniqsa, lahm go‘sht. Yapon oshxonasida ko‘plab taomlar bug‘da pishiriladi yoki qaynatiladi va baliq ko‘pincha stolga deyarli xom holatda qo‘yiladi. Yapon oshxonasining qiroli guruch bo‘lib, u bu yerda tuzsiz va yog‘siz pishiriladi. Yaponlar, odatda, ko‘k choy ichadi, lekin choy bilan shirinliklarni birga iste’mol qilmaydi. Yaponiyada sut mahsulotlari juda kam iste’mol qilinadi, buning sababi shundaki, mamlakatda ko‘pchilik odamlarda laktoza intoleransi yo‘q. Yapon diyetasining xususiyatlaridan biri bu “xara xati bu” an’anasi bo‘lib, u tarjima qilinganda: “80 foiz to‘q qorin” ma’nosini beradi. Yaponlarning fikriga ko‘ra kichik qorin — kamroq kasallik demakdir.

O‘rta Yer dengizi diyetasi

Foto: “Noviy ochag”

O‘rta Yer dengizi diyetasiga asosan Gretsiya, Italiya, Fransiya va Ispaniya oshxonalari kiradi. Bu diyeta yurak-qon tomir kasalliklari, ortiqcha vazn, yuqori qon bosimi va diabet xavfini sezilarli darajada kamaytirishi bilan uzoq vaqtdan beri ma’lum. Shuning uchun u UNESCO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘rta Yer dengizi aholisi nima yeydi? Ularning stollarida har doim ko‘p miqdordagi sabzavot, meva va dukkaklilar mavjud. Ular ko‘pincha zaytun moyi bilan birga iste’mol qilinadi. Shuningdek, bu yerliklar qattiq un navidan tayyorlangan makaron va don ekinlariga asoslangan boshqa mahsulotlarni yaxshi ko‘radilar. Sut mahsulotlari, asosan, yogurt va pishloqlar me’yorida iste’mol qilinadi. Go‘sht va tuxum o‘rniga dengiz mahsulotlari va baliqlar afzal ko‘riladi.

Okinava diyetasi

Foto: “Noviy ochag”

Sayyoramizning yuz yil umr ko‘ruvchilar diyetasidan yana biri asosan yashil va sariq sabzavotlar, ildiz sabzavotlari, soyaga asoslangan taomlar va qo‘ziqorinlardan iborat. Bu yerda hatto, baliq va guruch kam iste’mol qilinadi, go‘sht va sut mahsulotlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Okinavaliklar ratsionida ko‘plab soya mahsulotlari, fermentlangan loviya, donlar mavjud. Ular deyarli hech qachon mol go‘shti, yarim tayyor mahsulotlar va tozalangan uglevodlarni iste’mol qilmaydi. Orolliklarning sevimli mahsuloti — shirin kartoshka, batat.

Sardiniya diyetasi

Foto: “Noviy ochag”

O‘rta Yer dengizining g‘arbiy qismida, Italiya qirg‘oqlaridan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu orolda har 200 aholi yuz yildan ortiq umr ko‘radi. Oroldagi asosiy taomlardan biri sabzavotli sho‘rva bo‘lib, unda ko‘plab yangi sabzavotlar va loviya (minestron) bo‘ladi. Sardiniya aholisining ratsionida juda ko‘p baliq va yong‘oqlar mavjud, go‘sht kamdan kam hollarda stolda paydo bo‘ladi. Ammo sut mahsulotlari bu joyda Okinavaga qaraganda ko‘proq iste’mol qilinadi. Ayniqsa, echki, qo‘y suti va pishloqlari nihoyatda qadrlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »