Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Tojikistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) Chegara qo‘shinlarining 0215-sonli harbiy qismida askarlarning ommaviy kaltaklanishi ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. “Fergana” yozishicha, 4 nafar ayblanuvchi 9 yarim yilga, yana to‘rt nafari, jumladan, “Vorux” birinchi chegara komendaturasi boshlig‘i podpolkovnik Nuzhat Lazuriyev 11 yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Videodan kadrlar

Hukmni Tojikiston Oliy sudi harbiy hay’ati 30-may kuni e’lon qilgan, sud jarayoni Xo‘jand harbiy garnizoni binosida bo‘lib o‘tgan.

Mazkur ish bo‘yicha ayblanuvchilar shu yilning aprel oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston armiyasining askarlari ayovsiz kaltaklangani aks etgan video tarqalgach, hibsga olingan edi. Harbiy prokuratura videoni o‘rganib chiqib, voqea 2022-yil 15-dekabrda sodir bo‘lganini aniqladi.

“Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlarining 0215-sonli harbiy qismi harbiy xizmatchilari serjant Jonibek Qosimzoda, oddiy askarlar Faxriddin Azimov, Aʼzam Kamolov, Mahmadnazar Nozimov va Xojiakbar Sayfulloyevlar qonunchilikni qo‘pol ravishda buzgan holda, o‘z hamkasblari — kichik serjant Mehmonjon Misirov, oddiy askarlar Bekzod Choriyev, Zamir Karimzoda, Nekruz Amirov va Alisher Musoyevlarni kaltaklab, ularning sog‘lig‘iga shikast yetkazgan”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Tojikiston hukumati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari qo‘mitasiga yuborgan hisobotida aytilishicha, birgina 2019—2021-yillar oralig‘ida tojik armiyasida 100 dan ortiq askar zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan. Tojikiston Bosh prokuraturasi oxirgi uch yil davomida harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyatlarni yashirgan 639 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »