Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab rassomlar durdona asarlarini yaratib, atrofdagi manzaralardan ilhomlangan. Shuning uchun ularning rasmlarida ko‘pincha haqiqiy binolar, ko‘chalar, qirg‘oqlar yoki hatto ko‘priklar tasvirlangan. Ulardan ba’zilari hozirda o‘zgargan, ba’zilari esa asl qiyofasini saqlab qolgan.

“Mona Liza”, Leonardo da Vinchi

Foto: AdMe

Mashhur rasmda tasvirlangan ayolning orqasida qiziq detallarni ko‘rish mumkin. Masalan, o‘ngdagi ko‘prik. Tarixchilarning fikriga ko‘ra, u Italiyaning Laterina qishlog‘i hududida joylashgan. Romito ko‘prigi bir vaqtlar Arno daryosining 2 qirg‘og‘ini bog‘lagan, ammo hozirgi kungacha ko‘prikning ozgina qismi saqlanib qolgan xolos.

Foto: AdMe

Mona Lizaning chap tomonidagi qiyalik esa Romito ko‘prigidan 16 km uzoqlikda, o‘sha Arno daryosi vodiysida joylashgan.

“Tungi kafe terrasasi”, Vinsent van Gog

Foto: AdMe

Van Gog tasvirlagan kafe Fransiyaning Arles shahridagi Forum maydonida joylashgan. Hozirgi egalari terrasaning ichki qismini rasmda ko‘rsatilgandek saqlashga alohida harakat qilishadi.

“Nilufar gulli hovuz”, Klod Mone

Foto: AdMe

Klod Monening ajoyib manzarani chizishda Fransiyaning Giverni qishlog‘idagi o‘z uyining bog‘idan ilhomlangan. Rassomning uyi hozirda muzeyga aylantirilgan va tashrif buyuruvchilar uy atrofida ham sayr qilishlari mumkin.

“Xotira abadiyligi”, Salvador Dali

Foto: AdMe
Foto: AdMe

Ma’lum bo‘lishicha, uzoqda tasvirlangan qoyalar haqiqatda mavjud bo‘lgan. Bu Kreus qoyasi. U Dalining vatani — Kataloniyada joylashgan. Aytgancha, rassomning ko‘plab rasmlari Ispaniyaning ushbu mintaqasi manzaralaridan ilhomlanilgan.

“Taassurot. Ko‘tarilayotgan quyosh”, Klod Mone

Foto: AdMe

Monening ushbu asari impressionizm san’atda mashhur yo‘nalishga aylanishiga yordam berdi. Rassomni esa bu durdona asar uchun Shimoliy Fransiyadagi Gavr savdo porti manzaralari ilhomlantirgan.

“Ochiq derazaga orqa qilib o‘tirgan ayol”, Anri Matiss

Foto: AdMe
Foto: AdMe

Matiss uzoq vaqt Fransiyaning Nitssa shahrida yashagan. Albatta, mahalliy manzaralar rassomni ilhomlantirgan. Shunday qilib, uning eng mashhur suratlaridan birining qahramoni Angliya qirg‘oqlariga qaragan deraza yonida o‘tiradi.

“Mulen de la Galett”, Vinsent van Gog

Foto: AdMe

Van Gog Parijdagi akasinikiga tashrif buyurganida, u kartinalari uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni qidirib, shahar bo‘ylab yurishni yaxshi ko‘rardi. Bunday ilhom manbalaridan biri Mulen de la Galett shamol tegirmoni edi. U bugungi kungacha saqlanib qolgan.

“Sent-Viktuar tog‘i”, Pol Sezan

Foto: AdMe

Fransiya janubida joylashgan Sent-Viktuar tog‘i Sezannani shunchalik hayratda qoldiradiki, rassom bu tog‘ni 60 martadan ko‘proq chizgan. Rassom o‘z ishtiyoqini bu joyning “kayfiyati” doimo o‘zgarib turishi bilan izohlaydi. Darhaqiqat, kunning turli vaqtlarida manzara boshqacha ko‘rinadi.

“Venetsiyadagi Grand kanali”, Eduard Manet

Foto: AdMe

Grand kanali — Venetsiyaning eng muhim “ko‘chalari”dan biridir. Manet ishlagan paytda bu yerda ko‘plab gondolchilarni qayiqlari bilan ko‘rish mumkin edi. Ushbu go‘zal manzara rassomni asar yaratishga ilhomlantiradi.

Hozirgacha bu yerda deyarli yagona transport vositasi — gondollar.

“Qichqiriq”, Edvard Munk

Foto: AdMe

Kartina qahramoni Oslo yaqinidagi Ekberg tepaligida joylashgan haqiqatan ham bor bo‘lgan yo‘lda turibdi. Munkning kundalik yozuvlariga ko‘ra, rassom bu yo‘l bo‘ylab yurgan, ford (qirg‘oqlari tik va baland qoyalardan iborat bo‘lgan tor va chuqur dengiz qo‘ltig‘i)ni, quyosh botishini va qizarib borayotgan bulutlarni tomosha qilish uchun to‘xtagan va u birdan “tabiatni qamrab olgan faryod”ni his qilgan. Shunday qilib, mashhur asar g‘oyasi tug‘ilgan.

Hozirda ba’zi obyektlar mashhur rasmdagi kabi ko‘rinmaydi. Yangi ko‘chalar qurilgan, uylar buzilgan — bu joylar buyuk rassomlarning asaridagina qoldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »