Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlarini suv muammosini birgalikda hal qilishga chaqirdi. Bu haqda xabar Akorda xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

“Mintaqamizning ikkita yirik daryosi – Sirdaryo va Amudaryodagi suv sathi 2050-yilga borib qariyb 15 foizga kamayadi. Mintaqada ekologik halokatning oldini olish maqsadida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq resurs ajratishga chaqiramiz.

Suv muammosi va iqlim o‘zgarishi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Markaziy Osiyo — suv xavfsizligiga faqat yaqin hamkorlik va samarali tanlangan qo‘shma chora-tadbirlar orqali erishish mumkin bo‘lgan mintaqa”, — dedi u Ostona xalqaro forumida so‘zlagan nutqida.

Siyosatchi Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik va suv toshqinlari yiliga yalpi ichki mahsulotning 1,3 foizi miqdorida zarar yetkazishi, ekinlar hosildorligi 30 foizga pasayishi, bu esa 2050 yilga borib 5 million ichki iqlim muhojirining paydo bo‘lishiga olib kelishini bildirdi. To‘qayev muzliklar yuzasi allaqachon 30 foizga qisqarganini ta’kidladi.

Shuningdek, u BMTning ko‘p tomonlama yondashuv asosidagi tamoyil va qadriyatlari bu muammoni hal etishning yagona yo‘li ekanini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »