Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

To‘g‘ri va mazali nonushta — muvaffaqiyatli kunning asosi. Ba’zi ovqatlar organizmni energiya bilan ta’minlash borasida boshqalardan ko‘ra yaxshiroqdir. Ertalabki soatlarda aynan ularga ustunlik berish kerak, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Foto: The Voice Mag

Agar ertalab uyg‘onishingiz juda qiyin bo‘lsa, ustma-ust qahva ichingiz shart emas. Albatta, issiq ichimlik ko‘ngilni ko‘tarishga va ishchan kayfiyatni sozlashga yordam beradi. Ammo bizni energiya bilan ta’minlaydigan kofeindan yaxshiroq va xavfsizroq boshqa oziq moddalar borligini unutmang.

Sitrus mevalari

Foto: The Voice Mag

Limon, apelsin, mandarin, greyfrut va boshqa turdagi sitrus mevalarida organizmni faollashtiradigan C vitaminining ikki hissa dozasi mavjud. Asosiysi, ularni tabiiy shaklda iste’mol qilish. Yangi siqilgan sharbat ko‘proq nonushta mahsuloti sifatida ancha tanish, lekin unda shakar miqdori ko‘proq.

Qora shokolad

Foto: The Voice Mag

Tarkibida yuqori miqdorda (kamida 50-70 foiz) kakao bo‘lgan shokolad organizmni kaliy, magniy, sink va boshqa minerallar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, kakao tarkibida alkaloidlar guruhidan teobromin mavjud bo‘lib, u asab tizimini faollashtiradi va uyquchanlik tuyg‘usini yengillashtiradi.

Banan

Foto: The Voice Mag

Vitaminlar va yuqori tolali tarkib bilan bir qatorda, banan kaliyga boy. Ushbu mikroelement butun tananing sog‘lom ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi va kun davomida kuch beradi.

Ziravorlar

Foto: The Voice Mag

Dolchin, zanjabil, qalampir va boshqa qizdiruvchi ziravorlar metabolizmni tezlashtiradi va energiya bilan ta’minlaydi. Ulardan ba’zilari ertalabki ovqatlarga qo‘shilishi mumkin, boshqalari esa qahva yoki choyga  solib iste’mol qilinadi. Shular orqali nonushtangizni yanada mazali qiling!

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »