Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejasi Ukraina bilan chegaralanmasligi, u “qo‘shni hududlarni bosib olishni” ham rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Germaniya kansleri Putinning rejalarida qo‘shni hududlarni tortib olish ham borligiga ishonchi komil. Sholsning fikricha, shu sababli urush tugaganidan keyin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqida aniq suhbat o‘tkazish kerak.

“Rossiya prezidenti aniq qo‘shni hududlarni ‘yutib yubormoqchi’: uning Ukrainaga nisbatan shunday rejasi bor va aniqki, bu uning Belarus uchun ham rejasidan o‘rin olgan”, — deydi Shols.

Kansler urushni “muzlatib qo‘yish” mumkin bo‘lgan variantlarni yoki Ukrainaning ayrim hududlarini Rossiya tomonidan bosib olinishini qonuniylashtirishni istisno qildi. U Ukrainani keragicha qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi.

Shols Germaniyaning Kiyevga yordami davom etishiga ishontirib, bunga misol tariqasida jang maydonida shikastlangan G‘arb qurollarini ta’mirlash qarorini keltirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »