Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shu yil bahorda Angliyaning Yorkshir shahrida yashovchi Olive Edvards o‘zining 109 yoshini nishonladi. Ayol uning umrini uzaytirishga yordam bergan va shu yoshda ham jozibadorlikni yo‘qotmaslik borasidagi sirlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Ma’lum bo‘lishicha, Olive butun hayoti davomida amal qiladigan bir nechta foydali odatlarga rioya qilgan. Ayol kuniga uch marta ovqatlanadi, ko‘p suv ichadi va faol hayot tarzini olib boradi. Misol uchun u keksayguniga qadar sport bilan shug‘ullangan va jamoat transporti yoki mashinadan ko‘ra uzoq piyoda yurishni afzal ko‘radi. Shuningdek, 80 yoshgacha nevaralari bilan futbol va kriket o‘ynaganini aytadi. Olive qushqo‘nmas bilan pishirilgan losos balig‘ini sevib tanovul qiladi.

Darvoqe, o‘tgan yili uning 108 yilligi munosabati bilan yozilgan bayram dasturxonini qushqo‘nmasli losos balig‘i bezab turgan edi. Ayolning kampaniyasi — oilasi, do‘stlari va uning kumiri — Yelizaveta II ning fotosuratidan iborat. Qirolicha ham ham uzoq umr ko‘rdi: 96 yoshida vafot etdi.

Olive Edvards 108 yoshini nishonlamoqda
Foto: Marie Claire

E’tibor bering, qirolichaning ham uzoq umr ko‘rish sirlari Olive Edvardsning odatlariga o‘xshash edi. Sobiq malika jismoniy faoliyatning muhimligini ta’kidlagan, ammo faqat odam o‘ziga yoqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi kerakligini maslahat bergan: o‘zi esa ot minish va sevimli korgi zotli kuchugi bilan muntazam piyoda yurishni yoqtirgan. Yelizaveta, shuningdek, barra mahsulotlardan tayyorlangan oddiy taomlarni afzal ko‘rgan.

Bu yilgi tug‘ilgan kuni uchun Olivega guldasta ko‘rinishidagi tug‘ilgan kun torti sovg‘a qilindi va qirol Charlz III ning o‘zi ayolga bayram kartasini yuborgandi.

109 yoshga kirgani munosabati bilan Olivega tuhfa qilingan tug‘ilgan kun torti
Foto: Marie Claire

Olive ko‘p yillar boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan va hozir u tikuvchilik bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtiradi: u buyumlar to‘qiydi, kiyimlar uchun turli bezaklar tikadi. Ayolning ikki qizi, shuningdek, nevara va chevaralari bor. Olive umri davomida ikkita jahon urushidan omon qoldi va har qanday vaziyatda ham taslim bo‘lmaslik va oldinga intilishda davom etish kerakligini ishonch bilan ta’kidlaydi.

Olive Edvards uzoq umr ko‘rish bo‘yicha barcha rekordlarni yangilagan yagona inson emasligini qayd etish lozim. Masalan, ispaniyalik Mariya Branyas Morera 115 yoshda, yaponiyalik Fusa Tatsumi esa yaqinda 116 yoshini nishonladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »