Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Batumining bir tarafi dengiz, bir tarafi tog‘lar va o‘rmonlar bilan qoplangan. Bu yerga tashrif buyurib, nafaqat dengiz sohilida dam olish, balki ekoturizm, gostronomik turizm va etnografik muzeylarda bo‘lishingiz va arxeologik qazishmalarda ishtirok etishingiz mumkin. 

Qora dengiz qirg‘og‘i. Shafaq
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Petros qasridan Qora dengizning ko‘rinishi
Foto: Ilhom Xursanaliyev

2022-yil 21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent—Batumi—Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi. Hozirda bu yo‘nalishda haftaning chorshanba va shanba kunlari samolyot qatnamoqda.

Ushbu shaharga turizm mavsumi ochildi, 27-maydan Uzbekistan Airways va Ajariya Turizm departamenti hamkorligida o‘zbekistonlik jurnalistlar ishtirokida mediatur tashkil etildi.

“Daryo.uz” jurnalistlari ham 1-iyunga qadar davom etgan ushbu sayohatda ishtirok etdi, quyida ushbu turdan reportaj tayyorladi.

Gruziya haqida har bir o‘zbek kam bo‘lsa-da ma’lumotga ega. Lekin uning avtonom davlati bo‘lgan Ajariya haqida juda oz va keng tarqalmagan o‘ziga xosliklar mavjud.

Funikulyordan eski shahar ko‘rinishi
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Funikulyor — qiya yo‘nalishda, qisqa masofada yuk va yo‘lovchilarni vagonlarda tashiydigan tor izli temir yo‘l. Vagonlari elektr dvigatel, chig‘ir va po‘lat arqon vositasida harakatlantiriladi.

Funikulyordan eski shahar ko‘rinishi
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Argo kanat yo‘li bo‘ylab shahar ko‘rinishi
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Argo kanat yo‘lidan eski Batumi ko‘chalari
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Ajariya haqida qisqacha 

Ajariya — Gruziya respublikasi tarkibida 1921-yil 16-iyulda tashkil topgan. Zakavkaziyaning janubi-g‘arbida, Qora dengiz sohilida joylashgan. Maydoni 3 ming km², aholisi — 340 953 kishiga yaqin. Ajariyada 6 tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Poytaxti — Batumi shahri va u Ajariyaning turistik shaharlaridan biri hisoblanadi.

Shahar yaqinida

  • Maxinjauri,
  • Zelyoniy Mis (Yashil burun),
  • Sihisdziri, Kobuleti kurortlari joylashgan.
Batumidagi Shisha idish shaklidagi Adliya vazirligi binosi.
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Tog‘ tizmalari

Avtonom Respublikani Turkiya bilan chegara bo‘ylab baland Shavshet tog‘ tizmasi bog‘lab turadi. Mesxeti; Arsiyan tizmalari Batumini o‘tab turadi.

Shavshet tog‘ tizmasidagi sharshara
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Mesxeti tog‘ tizmasidagi sharshara
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Etnografik uy muzeyidagi sun’iy sharshara
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Iqlim

Ajariya hududida 500 metrgacha balandlikda iqlim subtropik, tog‘larda mo‘’tadil sovuq. Past tekislikda yanvar oyida o‘rtacha temperatura 4°, 7°, iyulda — 20°, 23°, tog‘larda esa yanvar oylarida — 2°, iyulda —16° daraja kuzatiladi.

Ob-havosi yomg‘irli. Ertalab quyosh charaqlab turganiga qaramay sanoqli daqiqalarda mayin yomg‘ir sizni siylashi mumkin.

Batumidagi Tsablari sharsharaining ko‘lga quyilishi
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Tsablnari sharsharasining irmog‘i
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Daryo, irmoqlar va ko‘l

Eng katta daryosi — Chorox bo‘lib, Batumi shahri yaqinida Qora dengizga quyiladi. Bu daryoning yuqori oqimi Turkiyada, uning irmog‘i — Ajarisskali Sharqdan G‘arbga butun mamlakatni kesib o‘tadi.

Chorox va Ajariskali daryolarining “chegarasi”. 
Источник

Choroxi Turkiya hududiga kiruvchi daryo bo‘lib, 26 km masofada Gruziyaning Ajariskali daryosi bilan bir maromda oqadi. Ajoyibligi shundaki ularning suvi bir biriga qo‘shilib ketmaydi. Ajariskali daryosining nomi — so‘zma so‘z tarjima qilinganda “Ajariya suvi” degan ma’noni beradi.

Sharshara va ko‘lga yo‘naltiruvchi ma’lumotlar taxtachasi

Foto: Ilhom Xursanaliyev

Eng ajablanarlisi shundaki Batumidagi barcha milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarga o‘tish uchun, albatta, daryo irmoqlaridan dor yo‘llari orqali o‘tilishi kerak. Bog‘ hududi juda toza, bironta kuzatuv kamerasi bo‘lmasa-da. Va har kilometrda yo‘l ko‘rsatkichlar hisobiga yo‘lingizdan adashmaysiz. Atrof yashil gilamga burkanganday taassurot uyg‘otadi.

Milliy bog‘ o‘rtasidagi ko‘l
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Tabiiy boyliklari

Foydali qazilmalari: mis va polime-tall rudalar, oltingugurt kolchedani, o‘tga chidamli tuproqlar. Tuproqlari tog‘li hududlarda unumli hisoblansa, dengiz atrofidagi tuproq barhanlari qizil-mineralli ekani qayd etilgan.

Batumida neft qayta ishlanadi, mashinasozlik (kemalar, neft va choy sanoati uchun jihozlar, transformator, elektrokar ishlab chiqariladi), oziq-ovqat (choy, tamaki fabrikalari, sitrus mevalari mahsulotlari va boshqalar), yengil (ko‘n poyabzal va tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmalari) sanoatlari rivojlangan.

Texnik rezina buyumlari, kimyo-farmatsevtika, kofein zavodlari bor.

O‘rmonlar

Hududining 50 foizdan ko‘prog‘i o‘rmonlar bilan qoplangan.

Tog‘ yon bag‘rlarida:

  • kashtan,
  • dub,
  • grab,
  • archa,
  • pixta

dengiz bo‘yida subtropik o‘simliklar

  • palma,
  • magnoliya
  • evkalipt,
  • bambuk o‘sadi.

Kintrishi qo‘riqxonasi bor. Ajariyada to‘rtta qo‘riqlanadigan hudud mavjud: “Mtirala”, “Kintrishi” , “Machaxela” milliy bog‘i hamda Kobuleti qo‘riqxonasi. Bu joylar qalin o‘rmonzorlardan iborat va subtropik o‘simliklarga juda boy.

“Machaxela” milliy bog‘i
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Tsablnari milliy bog‘i
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Batumi Botanika bog‘i
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Batumi Botanika bog‘i
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Batumi Botanika bog‘i
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Batumi Botanika bog‘ida Atirgullar alleyasi
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Botanika bo‘g‘ida alohida Atirgullar maydoni yaratilgan bo‘lib, bog‘ hududi 5-6 sotix joyni egallagan. Bu yerda 300 dan ortiq gul turini ko‘rishingiz mumkin. Asosiysi ulardan atirgul hidi taralib turadi. Bog‘bonning ma’lumot berishicha, gullar dunyoning turli burchaklaridan olib kelingan. 

Botanika bog‘i
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Botanika bog‘idagi dam olish joyi
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Milliy bog‘dagi dam olish joyi
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Dengiz va bulvar

Qora dengiz bo‘yidagi Batumidagi toshli plyaj uzunligi 7 kilometrdan oshadi — u janubda aeroportdan shimolda portga qadar cho‘ziladi.

Eng asosiysi plyaj tekin. Bu yerda lejaklar — 5 lari, soyabon — 10 lari (1 gruziya lari — 4300 so‘m). Sohilda kutilmagan daqiqada mayin yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yoz o‘rtalarida dengiz suvi iliq bo‘ladi.

“May” ko‘li bo‘yidagi zamonaviy binolar
Foto: Batumivisit

 

Bulvardagi Mayoq.
Foto: Batumivisit

1863-yilda qurilgan va 1882 yilda qayta toshdan restavratsiya qilingan mayoq hali ham portda kemalarga yo‘l ko‘rsatib turadi. uzunligi 20 metrni tashkil qilgan minoraga maxsus xizmatchidan boshqa hech kim kiritilmaydi. u avval oq rangda nur taratgan keyinroq uni qizil rangga almashtirishgan.

Batumi FXDYO
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Skulptura
Foto: Batumivisit
Palma yo‘lagi. 
Foto: Ilhom Xursanaliyev
Tungi Batumi
Foto: Batumivisit
Batumilik shifokor Ivan Mchelidze 1932-yilda ushbu kolonnadani yaratgan. 
Foto: Ilhom Xursanaliyev

Batumining hali yana so‘z yuritilmagan juda ko‘p me’moriy obidalari-yu, aka-uka Nobelning ilmga qo‘shgan hissalari haqida so‘zlovchi muzeylari, tarixdan saboq beruvchi qal’alari-yu, etnografik nuqtalari, betakror xalq og‘zaki ijodi va vinochilik zavodlari, ayniqsa, rang-barang gostronomik turizmi haqida yana soatlab gapirish mumkin. Bu haqda esa kelasi maqolada...


Jurnalist: Adilova Munojot
Fotomuxbir: Ilhom Xursanaliyev

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »