Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vitaminlar, mikroelementlar va antioksidantlarga boy sochlar uchun to‘g‘ri ovqatlanish bosh terisi va sochlar holatini sezilarli darajada yaxshilaydi, tashqi ko‘rinishingizni tajribali stilist kabi o‘zgartiradi, deb yozadi Woman nashri.

Foto: Woman

Hajmdor, qalin, chiroyli sochlar… Qaysi ayol bunday sochni orzu qilmaydi? Barcha turdagi shampunlar va parvarishlash vositalarining reklamasida ko‘pincha “soch uchun ozuqa” iborasini eshitamiz. Kosmetik parvarish, albatta, juda muhim, ammo haqiqiy foyda shampun yoki balzamlarda emas, balki birinchi navbatda sizning likopchangizda ekanini unutmang.

Nima uchun sochni oziqlantirish kerak?

Sochlar oziqlanishi juda muhim: ularning holati biz nima yeyayotganimizga bog‘liq. Muammolar kuzatilayotgan bo‘lsa, diyetani o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘rgan ma’qul, ammo sog‘lom sochlar uchun parhez darhol natija bermasligini yodda tutish kerak. Bunga erishish uchun vaqt va sabr talab etiladi. Ratsionni o‘zgartirgandan so‘ng foydali moddalar organizmda “ildiz otadi”, ya’ni bir oydan keyin ular foydali ta’sir ko‘rsata boshlaydi.

Dastlab, muammolarni tasniflash muhim. Agar sochlar jilosiz va rangini yo‘qotgan bo‘lsa, muammo sink yetishmasligidandir. Sochlaringiz ko‘p to‘kilyaptimi? Demak, temir yetarli emas. Ular kul rangga aylanyaptimi? Yo‘q, bu qarishdan emas, organizmda mis yetishmasligidan sodir bo‘ladi.

Oziq-ovqat bilan organizm kerakli elementlar — oqsillar, yog‘lar va uglevodlar, shuningdek, minerallar va vitaminlar bilan to‘yinadi. Proteinlar soch tolasining organik quruvchisidir, soch tuzilishi ularga asoslanadi. Ular go‘sht va baliq, shuningdek, dukkakli va soya mahsulotlarida mavjud. To‘yinmagan yog‘lar bosh teri hujayralarining shakllanish manbayi hisoblanadi. Uglevodlar organizmdan toksinlarni chiqarib yuboradi, bu esa sochlarga jilo beradi.

Mustahkam sochlar uchun parhez

Foto: Woman

Agar sochlaringiz yog‘li bo‘lsa, qizarib pishgan va yog‘li mahsulotlardan tiyilganingiz ma’qul. Bunda tovuq yoki kurka go‘shti, baliq, sabzavot va tuxum iste’mol qilish tavsiya etiladi. Gulkaram, brokkoli va loviya tarkibidagi B vitamini ham muammo bilan kurashishda yordam beradi.

Bordi-yu, bosh teringiz, aksincha, juda quruq va sochlaringizda qazg‘oq paydo bo‘lsa, unda oziq-ovqat tarkibida oltingugurt va mis kabi muhim mikroelementlar bo‘lishi kerak. Mis qisqichbaqa, bodring va qovoqda uchraydi. Oltingugurt tuxum sarig‘i, qushqo‘nmas, piyoz va sarimsoqda ko‘p. Yog‘ kislotalari ham kiritilishi kerak: baliq (losos, seld, tunes), yong‘oq, zaytun, avokado va tarkibida yog‘ kislotasi mavjud bo‘lgan boshqa mahsulotlar. Yetarlicha namlik ham kerak, shuning uchun kuniga taxminan 1,5 litr suv iching.

Sochga jilo berish uchun sink mikroelementi javobgar sanaladi. Ushbu modda go‘sht, dengiz mahsulotlari, tuxum, sut, ovsyanka va qora nonda mavjud.

Tirozin — pigment uchun mas’ul bo‘lgan aminokislota rangni tiklashga yordam beradi. Bu holda diyetada avokado, banan va sut mahsulotlari bo‘lishi kerak. Soch oqara boshlagan bo‘lsa, taomnomani tirozin va mis bilan boyitish kerak.

Soch temir, yod va E vitamini yetishmasligidan to‘kiladi. Yod dengiz mahsulotlari va suv o‘tlarida mavjud. Tuxum, dukkaklilar, go‘sht, jigar va sabzi temirga boy. E vitamini sabzavot va yog‘larda, shuningdek, tuxumda mavjud.

Mustahkam soch diyetasi — bu sochni serjilo saqlashga yordam beradigan dori turidir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »