Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik metabolik sindromni urf bo‘lgan tashxisi deb hisoblaydi, lekin aslida bu juda jiddiy kasallik!

So‘nggi paytlarda metabolik sindrom (MS) haqida ko‘p gapirilmoqda. Nima uchun bu kassalik xavfli? Chunki bu ko‘plab jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin — aterosklerozdan infarkt, insult, buyrak yetishmovchiligi, saraton va eng keng tarqalgani — diabet xavfi ko‘p marta ortadi. Yaxshiki, agar siz o‘z vaqtida paydo bo‘ladigan sog‘liq muammolariga e’tibor qaratsangiz, bu muammolarning oldini olish mumkin.

Foto: Lisa

Vaqtni o‘tkazib yubormang

Metabolik sindrom 4 ta belgining kombinatsiyasi bilan tavsiflanadi:

  • Ortiqcha vazn;
  • Qondagi xolesterinning yuqori darajasi (umumiy xolesterin 5,2 mmol / l dan yuqori);
  • Gipertoniya (tonometr ko‘pincha 140/90 mm Hg yoki undan ko‘pni ko‘rsatadi);
  • Insulin qarshiligi — hujayralarning insulin gormoniga sezuvchanligining pasayishi, bu qonda glyukoza darajasining oshishiga va 2-toifa diabetning rivojlanishiga olib keladi.

Agar o‘zingizda kamida 2 ta belgini sezsangiz (masalan, ortiqcha vazn va yuqori qon bosimi), qand darajasi va xolesterin uchun qon topshiring. Ular balandmi? Endokrinolog va kardiologga tashrifni kechiktirmang! Ammo biokimyoviy ko‘rsatkichlar normal bo‘lsa ham, ularni har olti oyda tekshiring. Bu biror narsa noto‘g‘ri ekanligini o‘z vaqtida payqash va davolanishni o‘z vaqtida boshlashga yordam beradi.

Qanday paydo bo‘ladi?

Foto: Lisa

Metabolik buzilishlar diabetning aniq belgilari va aterosklerotik qon-tomir shikastlanishidan ancha oldin shakllanadi. Patologik jarayon ko‘pincha yoshlikdan boshlanadi, ayniqsa, harakatsiz turmush tarzi, juda yuqori kaloriyali diyeta, ortiqcha vazn bilan rivojlanadi. Va bu sindrom nafaqat qirqdan oshgan ayollarda, balki 20-35 yoshdagilarda ham tashxislanadi. Sababi homiladorlik va tug‘ish, bu metabolizmning jiddiy sinovidir. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng ayollar tez-tez vazn yig‘a boshlaganini payqadingizmi? Bu tabiiy jarayom emas, balki ularda periferik neyroendokrin sindrom (PNES) deb ataladigan kasallik rivojlana boshlaganidan darak. Aslida bu metabolik sindromning alohida holati.

Shuning uchun agar homiladorlik paytida 12 kg dan ortiq vazn yig‘sangiz va tug‘uruqdan keyin yana bu holat ortib borsa, ginekolog-endokrinolog bilan maslahatlashing. Shifokor metabolik va endokrin jarayonlarni tartibga solishga yordam beradi. Shu bilan birga faol ravishda semirishni boshlagan erkaklar ham shifokor nazoratidan o‘tishi kerak.

Bel aylanisini o‘lchang

Semizlik har doim ham metabolik sindromga olib kelmaydi! Rivojlanish xavfini o‘zingiz baholash uchun nafaqat vazn va tana massasi indeksi, balki tanada yog‘ning aniq qayerda to‘planganini ham bilish muhimdir. Birinchi navbatda, xavf guruhiga yog‘ birikmalari asosan qorin bo‘shlig‘ida to‘plangan va ichki organlar atrofida joylashganlari kiradi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, olma tipidagi semizlik bilan 2-toifa diabet xavfi 6 baravar, gipertoniya rivojlanish ehtimoli 4 barobar ortadi. Lekin bu hammasi emas! Bunday odamlarda bronxial astma rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshadi. Metabolik sabablarga ko‘ra umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘im kasalliklari xavfi ham ikki baravar ortadi.

Metabolik sindromning rivojlanish xavfini baholash uchun bel aylanasini to‘g‘ri o‘lchang. Tik turing, qorinni ichga tortmang va qorin bo‘shlig‘ining konveks nuqtasi bo‘ylab kindik darajasida o‘lchov lentasini torting. 80 sm dan oshdimi (erkaklar normasi — 94 sm)? Siz xavf ostidasiz! Agar bir vaqtning o‘zida bosim ko‘tarilsa, oilada diabet va gipertoniya bilan og‘rigan bemorlar bo‘lsa, tibbiy tekshiruvdan o‘ting.

Asosiysi nima?

Foto: Lisa

Zamonaviy odam juda ko‘p ovqatlanadi, yog‘li, shirin, yuqori kaloriyali va ayni paytda kam harakat qiladi. Bunday turmush tarzi bilan ko‘pchilikda insulin qarshiligi va metabolik sindromga olib keladigan metabolik muammolar boshlanishi ajablanarli emas. Buning oldini olishning biron bir usuli bormi? Albatta!

  • Haftada kamida 2-3 soat mashq qiling. Shu bilan ortiqcha yog‘ yo‘qoladi va organizmingiz hali yosh va kuchga to‘la ekanligini his qilasiz: axir, u jismoniy harakatsizlikni uzoq davom etadigan kasallik yoki erta qarish deb biladi va metobolizmni shunga moslaydi.
  • O‘simlikka asoslangan oziq-ovqatlarini ko‘p iste’mol qiling. Bu hajmi katta bo‘lgan oshqozonni to‘ldiradi, to‘yish hissi beradi, lekin ayni paytda kaloriyasi past hisoblanadi.
  • Tez-tez ovqatlaning, lekin kam-kam! Agar shunday qilsangiz, kichik qismlarning ta’siri seziladi: metabolizm yog‘ni tejash rejimidan yog‘ni yoqish rejimiga o‘tadi. Ko‘pchilik, aksincha, diyetaning energiya qiymatini uchdan biriga kamaytirish uchun kuniga uch marta emas, masalan, ikki marta kamroq ovqatlanishga harakat qiladi. Ammo ta’sirni qaytarish mumkin. Diyetologlar agar siz kuniga kunlik kaloriya miqdorini oshirmasdan ikki marta ovqatlansangiz, yiliga 2,5 kg ortiqcha vaznga ega bo‘lishingizni aniqladilar. Oziq-ovqat iste’mol qilishda juda uzoq tanaffuslardan qo‘rqib, organizm tejashni boshlaydi — bu metabolizmni sekinlashtiradi va ozuqa moddalarining so‘rilishini 60-70 foizdan 100 foizgacha oshiradi! Shu tariqa kaloriyalarni faol ravishda sarflab yuboradi, kundalik ratsionni 5-6 martalik kichik qismlarga bo‘ling.
  • Shifokoringiz bilan insulin qarshiligini bartaraf etadigan va diabet rivojlanish xavfini kamaytiradigan dorilar xususida maslahatlashing. Agar lozim bo‘lsa, shifokor ularni belgilab berad

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »