Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan ayrim tadbirkorlarlga soliq imtiyozlari beriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 19-iyun kuni Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishida ushbu qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, aholi va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mulkdorlarning mulkiy huquqlari kafolatlarini ta’minlash, soliq qonunchiligi talablarini yanada soddalashtirish hamda tadbirkorlik subyektlarining soliq yukini kamaytirish maqsadida Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, respublikaning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanlarda yangidan tashkil etilgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mol-mulk va yer solig‘i soliq stavkalarini pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda jismoniy shaxslarga nisbatan yer solig‘ining oshirilgan stavkasi qo‘llanilishini to‘xtatib turish belgilanmoqda. Bundan tashqari, elektrotexnika tarmog‘i korxonalarining ihtisoslashtirilgan markazlarini rivojlantirish maqsadida vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish nazarda tutilmoqda.

Yig‘ilishda fraksiyalar a’zolari qonun loyihasi O‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilash, fuqarolarni qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning mulkiy huquqlarini himoya qilish uchun xizmat qilishini ta’kidlab, uni qo‘llab-quvvatladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »