Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andi Aranitasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari etib tayinlandi. U 2023-yil 1-sentabrda o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishga kirishadi.

Foto: “Vicepremier-ekonomija”
“YTTBning eng dinamik bank va konsultatsion bo‘linmalaridan biriga rahbarlik qilishimdan juda mamnunman. O‘zbekiston jadal o‘sib borayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lib, u katta tajriba va ko‘plab sohalarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlov talab qiladi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari va infratuzilmalaridan tortib kichik va o‘rta tadbirkorlikni hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishgacha. Men o‘z tajribam va kuchimni mamlakat bilan hamkorlikni rivojlantirishga va O‘zbekiston bo‘yicha 2023-yil oxirigacha tasdiqlanishi kerak bo‘lgan yangi davlat strategiyamizni amalga oshirishga yo‘naltiraman”, — deydi Aranitasi.

Albaniya va Buyuk Britaniya fuqarosi sifatida Aranitasi bank sohasida, shuningdek, ishlab chiqarish, telekommunikatsiya, agrobiznes, ko‘chmas mulk, turizm va energetika sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega. YTTBdagi faoliyati davomida u bankning energetika bo‘linmalarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan hamda Turkiya va Janubi-sharqiy Yevropadagi energetika loyihalari portfelini ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan. O‘zbekistondagi lavozimga tayinlangunga qadar u YTTBning Shimoliy Makedoniyadagi vakili edi.

U mazkur lavozimda 2017-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Alkis Drakinos o‘rnini egallaydi. O‘z navbatida Drakinos YTTBning Kavkazdagi mintaqaviy ofisi rahbari lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hozirga qadar O‘zbekiston iqtisodiyotiga 144 loyiha doirasida 4,3 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »