Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologik partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama etildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturida mamlakatda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, qayta tiklanuvchi va boshqa muqobil energiya manbalarini tatbiq etish jarayonlarini faollashtirish borasida alohida maqsad va vazifalar belgilab olingan.

Sohaning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator soliq imtiyozlari belgilanmoqda.

Xususan, umumiy quvvati 100 kilovattgacha bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa sotilgan elektr energiyasidan olinadigan daromadlarni foyda solig‘idan ozod etish taklif etilyapti.

Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘idan, qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etish nazarda tutilmoqda.

“Yerdan oqilona foydalanish, ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarini qurish hamda hududlarning sanoat salohiyatini kengaytirish maqsadida ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarini foydalanishga topshirgan tadbirkorlarni mol-mulk solig‘ini pasaytirilgan koeffitsiyentlarda to‘lashga doir imtiyozlar belgilash ko‘zda tutilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda fraksiya aʼzolari qonun loyihasi O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalarini o‘zida aks etganligini inobatga olib, uni ikkinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlagan.

16-fevral kuni “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolangandi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar qator soliqlardan ozod etilishi belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »