Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish va boshqarish loyihalarini amalga oshirish doirasida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan xalqaro moliya institutlarining qariyb 396 million dollar miqdorida mablag‘lari jalb etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Surxondaryo (Sherobod), Samarqand (Kattaqo‘rg‘on) va Jizzax (G‘allaorol) viloyatlarida 3 ta yirik quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va boshqarish uchun Masdar kompaniyasi YTTB bilan 127 million dollar, OTB bilan 102 million dollar va ularning hamkor banklari bilan 167 million dollar miqdorida shartnomalar imzolagan.

“Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalari umumiy 897 MVt quvvatiga ega bo‘ladi va yiliga 2 milliard kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish orqali mintaqadagi eng yirik quyosh energiyasi loyihasiga aylanadi”, — deyiladi xabarda.

Samarqand (Kattaqo‘rg‘on) va Jizzax (G‘allaorol) viloyatlaridagi loyihalarning dastlabki quvvatlari joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi belgilangan.

Quyosh fotoelektr stansiyalarining qurilishi

O‘zbekistonda 2021-yilning may oyida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita yangi quyosh elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik doirasida qurish bo‘yicha tender g‘olibi e’lon qilingandi.  BAAning qayta tiklanadigan energiya sohasidagi Masdar kompaniyasi mamlakatda va Markaziy Osiyo mintaqasida elektr energiyasi ishlab chiqarishga eng past tariflarini taklif qilgan.

Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi quyosh elektrostansiyalari yiliga 1,1 milliard kilovatt-soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ularning ishlashi tufayli yiliga o‘rtacha 110 ming tonna yoki ularning butun xizmat davri davomida jami 3,4 million tonna karbonat angidrid emissiyasining oldi olinadi.

Ushbu loyiha “Quyosh energetikasini kengaytirish” dasturi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Uning doirasida avvalroq IFC tender o‘tkazish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatgan, Jahon banki esa stansiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha jami 12 million AQSH dollarigacha bo‘lgan (har biri uchun 6 million AQSH dollaridan) majburiyatlarni bajarishi uchun bank kafolatlarini taqdim etadi.

Quyosh elektrostansiyalarini ishga tushirish uchun Masdar loyiha kompaniyalariga o‘z kapitalidan 193 million dollar investitsiya kiritadi. Masdar, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki hamda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan 216 million dollar qarz mablag‘larini jalb qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »