Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarni va ayrim sohalarni rivojlantirish hamda insofli soliq to‘lovchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar qabul qilingani munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududlari rivojlanishida tafovutlar saqlanib qolayotgani tuman va shaharlarning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlari bir-biridan farq qilishi natijasida aholi turmush darajasini yaxshilash va bandligini taʼminlashda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida, hududlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirishda qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etadi. 

Natijada respublikaning tuman va shaharlarida ularning toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq imtiyozlari va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash tartibini joriy etish taqozo etilmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan respublika hududlarining to‘rtinchi toifasiga (40 ta tuman) kiritilgan tumanlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni 3 foiz stavkada, mol-mulk solig‘i belgilangan eng kam qiymatiga va yer solig‘ining bazaviy stavkalariga 0,3 miqdorida, yakka tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliqni 0,5 miqdorida kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda to‘lash tartibi joriy qilish taklif qilinmoqda.

Shuningdek respublika hududlarining beshinchi toifasiga (20 ta tuman) kiritilgan tumanlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda, aylanmadan olinadigan va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida, mol-mulk va yer solig‘ini hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida to‘laydi, shuningdek, yakka tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etish ko‘zda tutilyapti.

Shu bilan birga, mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish uchun soliq qonunchiligiga elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rag‘batlantiruvchi normalar kiritilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi respublika tuman va shaharlarini ularning toifalaridan kelib chiqib rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishga xizmat qiladi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan.

Iyul boshlarida O‘zbekiston hukumati qarori bilan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilingandi.

Nizomga ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »