Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Qonun loyihasi bilan umumiy quvvati 100 kilovattgacha bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa sotilgan elektr energiyasidan olinadigan daromadlarni foyda solig‘idan ozod etish taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘idan, qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, yerdan oqilona foydalanish, ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarini qurish hamda hududlarning sanoat salohiyatini kengaytirish maqsadida ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarini foydalanishga topshirgan tadbirkorlarni mol-mulk solig‘ini pasaytirilgan koeffitsiyentlarda to‘lashga doir imtiyozlar belgilanyapti.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligini bartaraf etish, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilash imkonini beradi. Majlisda qonun deputatlar tomonidan qabul qilingan.

16-fevral kuni “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolangandi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar qator soliqlardan ozod etilishi belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »