Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi etib tayinlandi, deya xabar beradi O‘zA.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u 2023-yilning 16-yanvaridan boshlab Buxoro viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2021-yilda esa Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgandi.

Jamshid Tursunov 1979-yilda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Hokimlikka kelguniga qadar 2021—2023-yillarda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni saylovdan keyingi birinchi yig‘ilishda respublika darajasidagi qator rahbarlar, jumladan, 2019-yildan buyon Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan, biroq yo‘l sohasiga 2001-yildan buyon javobgar bo‘lgan Abdurahmon Abduvaliyevni lavozimidan olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »