Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Kanokpan Lao-Arayani O‘zbekistondagi yangi direktori etib tayinladi. Bu haqda bank matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: OTB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Lao-Araya OTBning O‘zbekistondagi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda bankning 2023—2028-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat bilan hamkorlik strategiyasini tayyorlash va amalga oshirish jarayonini nazorat qiladi. OTB mamlakatning inklyuziv va bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, xususiy sektorni rivojlantirish, “yashil” transformatsiya, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklarni qisqartirish, mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani kengaytirish uchun ko‘makni kuchaytiradi.

Lao-Araya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, jumladan, Markaziy Osiyoda 25 yildan ortiq rivojlanish va iqtisodiyot sohasida tajribaga ega. U OTBga 2001-yilda Tailand Moliya vazirligidan kelgan va shundan beri bankda bir qator yuqori lavozimlarda ishlagan. Tayinlanishidan oldin u Qirg‘izistonda vakolatxona direktori bo‘lib ishlagan va u yerda bank faoliyatini, jumladan, Qirg‘iziston iqtisodiyoti va aholisi salomatligiga halokatli taʼsir ko‘rsatgan COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq ko‘makning ko‘rsatilishini boshqargan.

O‘zbekiston OTBga 1995-yilda aʼzo bo‘lgan. Bugungi kunga qadar OTB O‘zbekistonga umumiy qiymati 11,5 milliard dollarlik 240 ta qarz, grant va davlat sektoriga texnik ko‘mak ajratgan. Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (CAREC) dasturi doirasidagi mintaqaviy hamkorlik va integratsiya tashabbuslari OTBning O‘zbekistondagi faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda.

Bir necha kun oldin Andi Aranitasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari etib tayinlangandi. U 2023-yil 1-sentabrda o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishga kirishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »