Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Kodeksning 461 va 462-moddalariga o‘zgartirishlar kiritish orqali, tadbirkorlik subyektlarining bo‘sh turgan binolari, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlariga nisbatan soliq stavkasini oshirish tarzidagi taʼsir choralari qo‘llanilmasligi munosabati bilan ushbu toifadagi soliq to‘lovchilarni majburiy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tkazish amaliyoti bekor qilinmoqda.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda esa elektrotexnika tarmoq korxonalari ixtisoslashtirilgan markazlarining obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha mol-mulk va yer soliqlarini hisoblangan summadan 1 foiz, ijtimoiy soliqni ham 1 foizli stavka bo‘yicha to‘lashi nazarda tutilyapti. Bunda, mazkur imtiyoz elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirishdan olingan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil qilganda tatbiq etiladi.

Qonun loyihasi bilan 2024-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda belgilangan yer solig‘i stavkalarini uch karrali stavkada soliq hisoblash tartibi to‘xtatib turilishi taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokamalar va savol-javoblardan so‘ng ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Iyul boshlarida O‘zbekiston hukumati qarori bilan “‘20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis’ dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilingandi.

Nizomga ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »