Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Picodi.com” tahlil bo‘limi dunyoning turli mamlakatlarida o‘rtacha ish haqiga qancha litr benzin sotib olish mumkinligini aniqladi, deb yozmoqda Spot.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ekspertlar 2023-yilning birinchi yarmida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida benzin narxlarini tahlil qildi. Unga ko‘ra, iyun oyida yonilg‘i narxi yil boshiga nisbatan 5 foizga oshdi. Benzin eng ko‘p Armaniston va Turkiyada qimmatlagan — mos ravishda 18 va 16 foiz. Gruziyada benzin 13,2 foizga, Qirg‘izistonda esa 7,1 foizga arzonlagan.

2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda benzin narxi 0,6 foizga — bir litri 0,96 dollargacha (deyarli 11 ming so‘m) pasaydi.

O‘zbekistonda aholi 314 dollar o‘rtacha maoshga 328 litr benzin sotib olishi mumkin. 2019-yilga nisbatan o‘zbekistonliklarning xarid qobiliyati uchdan bir qismdan ko‘proqqa o‘sdi — bunga aholi real daromadlarining o‘sishi yordam berdi.

Natijada O‘zbekiston eng arzon benzinga ega davlatlar ro‘yxatida qoldi. Benzinni bundan arzonroq faqat Qozog‘iston (litri uchun 0,49 dollar), Rossiya (0,63 dollar), Qirg‘iziston (0,7 dollar) va Belarusda (0,94 dollar) sotib olish mumkin. Eng qimmat benzin Fransiya, Gretsiya va Finlyandiyada qayd etildi.

Benzin indeksining mutlaq yetakchisi Shveysariya bo‘lib, uning aholisi 3000 litrdan ortiq yonilg‘i sotib olish imkoniga ega. Undan keyingi o‘rinlarda Lyuksemburg (2413 litr) va Daniya (2033 litr).

Eng yomon benzin indeksiga ega mamlakatlar esa Pokiston (o‘rtacha ish haqi uchun 166 litr), Shri-Lanka (157 litr) va Kuba (27 litr) bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »