Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasining qidiruv sho‘basi tomonidan qarzdor va ularning mol-mulklarini topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: “Xalq so‘zi onlayn”

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning o‘tgan davrida olib borilgan tezkor tadbirlarda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan 198 nafar qarzdor fuqaro topilgan. Natijada 73 nafar qarzdor fuqaro aliment pullarini to‘lab bermagani sababli, ularga nisbatan maʼmuriy javobgarlik masalalari hal etilgan.  

MIB Samarqand viloyati boshqarmasi inspektori To‘rajon Jalilovga ko‘ra, ish yurituvda bo‘lgan ijro ishlari yuzasidan 110 nafar qarzdor jismoniy shaxsni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

“Qidiruvga berilgan ushbu shaxslardan 36 nafari chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlandi va ularga nisbatan davlatlararo qidiruvni amalga oshirish bo‘yicha so‘rovnomalar yuborildi. Bundan tashqari, mahalliy qidiruvga berilgan 74 nafar qarzdorni topish bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda”, — deydi u.

Iyun oxirlarida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Shoira Ahmedova qornida homilasi bo‘lishiga qaramasdan MIB xodimlari unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, 350 ming so‘mlik qarzdorlik uchun unga tan jarohati yetkazganini, shaxsiy avtomobili qarzdorlik sabab tortib olingani to‘g‘risida murojaat yo‘llagandi. O‘z navbatida, MIBning viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova “Daryo”ning murojaatchi da’vosi borasidagi savollariga javob berar ekan, holat aksincha bo‘lganini, qarzdor MIB xodimlariga tan jarohati yetkazganini aytgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »