Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Maskning aytishicha, Twitter’ning pul oqimi manfiy ko‘rsatkichda, chunki reklamadan tushgan daromad 50 foizga kamaygan.

Foto: Anadolu

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Twitter pul oqimi reklamadan tushum kamligi va og‘ir qarz yuki tufayli manfiy bo‘lib qolmoqda, bu esa Maskning Twitter’ni martdan iyun oyiga qadar musbat pul oqimiga o‘tkazish haqidagi kutilmalariga mos kelmaydi.

Mask Twitter iyun oyida kutilgan reklama daromadiga erishmaganini tasdiqladi va “iyul biroz istiqbolli”, deb qo‘shimcha qildi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, Twitter Spaces ham hali daromad keltirmagan — u to‘liq pullik.

Bu Mask Twitter’ni oktabr oyida sotib olganidan beri xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha agressiv choralar kompaniyani musbat pul oqimiga olib kirish uchun yetarli emasligiga isbot bo‘ldi.

Maskning ta’kidlashicha, minglab xodimlarni ishdan bo‘shatib, onlayn to‘lovlarni qisqartirgandan so‘ng, kompaniya 2023-yilga rejalashtirilgan 4,5 milliard dollar xarajatlarini 1,5 milliard dollargacha qisqartirgan. Shu bilan birga, Twitter qarz tufayli yiliga 1,5 milliard dollarga yaqin foiz to‘lovlariga duch kelmoqda.

2023-yilning iyul oyida Twitter foydalanuvchilari yangi Threads ijtimoiy tarmog‘iga o‘tishni boshladi. Threads’da allaqachon 100 million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »