Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatida o‘qituvchi va abituriyentlarga “Milliy sertifikat” olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisi N.Sh. (muqaddam sudlangan) o‘qituvchi D.X.dan 20 nafar o‘qituvchining oylik maoshiga ustama qo‘shilishini taʼminlovchi va 39 nafar abituriyentga oliy o‘quv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi “Milliy sertifikat” olib berish evaziga jami 17,7 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlangan. U ushbu puldan 6,6 ming dollarni qo‘lga kiritib, qolgan 11,1 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Sh.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qarshi shahridagi “T”. MFY bo‘yicha hokim yordamchisi Sh.R. o‘qituvchi va abituriyentlarga qalbaki “Milliy sertifikat” tayyorlab berish evaziga N.Sh.dan 6,6 ming dollarni olgani aniqlangan. U yana 11,1 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi belgilangan edi. Avvalroq joriy o‘quv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab qilinishi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »