Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Qirg‘izistonga nisbatan sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda. Vashingtondagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga Xitoydan dron singari sanksiyalar ostidagi mahsulotlar Qirg‘iziston orqali yetkazib beriladi, deb yozmoqda The Washington Post.

Foto: “TASS”

AQSH prezidenti ma’muriyati rasmiylarining WP’ga aytishicha, Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar iyul oyi oxirigacha kiritilishi mumkin. Ular aynan qanday cheklov choralari haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi, ammo ilgari bunday holatlarda sanksiyalar aniq qo‘llanilgani, tegishli kompaniyalar qora ro‘yxatga kiritilganini eslatdi

“Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishi vaqtida va undan keyin qo‘yilgan sanksiyalardan so‘ng Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi g‘ayritabiiy darajada o‘sdi. Rossiyaga bevosita eksport qilish sanksiyalar bilan cheklangan mahsulotlar Moskvaga Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qirg‘iziston orqali yetkazib beriladi”, — deb yozdi WP.

The Washington Post nashri izoh olish uchun Qirg‘izistonning AQSHdagi elchixonasi bilan bog‘langan. Ular nashrga mamlakat noqonuniy savdoga qarshi kurashga qat’iy sodiq ekanini ta’kidlagan.

Diplomatik muassasa vakillari Rossiya bilan savdo-sotiqning o‘sishini chegaradan o‘tayotgan tovarlarni kuzatish tizimi takomillashtirilgani bilan bog‘lagan. Elchixona, shuningdek, Rossiya Qirg‘izistonning asosiy savdo sheriklaridan biri ekanini, uning hududida bir millionga yaqin Qirg‘iziston fuqarosi istiqomat qilayotganini eslatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »