Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har bir inson muzqaymoqni yaxshi ko‘radi, lekin buvi yoki bobongizga qo‘shimcha porsiya taklif qilishga shoshilmang — shifokorlar keksa odamlarni muzdek yeguliklarni iste’mol qilishda ehtiyotkorlikka chaqiradilar.

Foto: Google Images

Sovuq ovqatlar organizmda odatdagidek so‘rilmaydi, chunki ular ovqat hazm qilish tizimini zo‘riqish bilan ishlashga majbur qiladi. Keksalikda bu har qanday gastroenterologik patologiyaning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun oshqozon-ichak trakti kasalliklari (ayniqsa, o‘t-tosh kasalligi va surunkali pankreatit) bilan og‘rigan 60 yoshdan oshgan odamlar uchun muzqaymoq to‘g‘ridan to‘g‘ri mumkin emas.

Bu haqda Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Gerontologik ilmiy-klinik markazi gastroenterologi tibbiyot fanlari doktori, professor Antonina Masharova ma’lum qildi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p miqdorda muzqaymoq iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining paydo bo‘lishiga yoki keksa erkaklar va ayollarda mavjud yurak patologiyalarining yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Buning sababi shundaki, ko‘pchilik tomonidan sevib iste’mol qilinadigan tetiklantiruvchi taomning tarkibi yurak mushaklariga zararli bo‘lgan ko‘p miqdordagi to‘yingan yog‘larni o‘z ichiga oladi. Nafaqaxo‘rlar tomonidan tanlanadigan arzon muzqaymoqqa ko‘pincha sut yog‘i o‘rnini bosuvchi moddalar qo‘shimcha ravishda ishlatiladi.

Foto: The Voice Mag

Bundan tashqari, muzqaymoq tarkibida juda ko‘p shakar mavjud bo‘lib, bu ichki mikro-yallig‘lanishni keltirib chiqaradi — keksa odamlarning asab tizimi va miyasi tez hazm bo‘luvchi uglevodlarga ta’sirchan. Professor Masharova shakarni ortiqcha iste’mol qilish pensiya yoshidagi odamlarda xotirani susaytirishi, reaksiya va idrok tezligiga ta’sir qilishini isbotlovchi zamonaviy tadqiqotlarga ishora qiladi.

Bundan tashqari, shakar va yog‘lar ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish vazn ortishiga, ichak mikrobiotasining o‘zgarishiga va oshqozon-ichak traktining buzilishiga olib keladi, ayniqsa, keksalikda namoyon bo‘ladigan immunitet tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Shifokor ta’kidlaganidek, ba’zida buvi va bobongizni yozning issiq kunida muzqaymoq bilan xursand qilishingiz mumkin — unutmang: faqat goh-gohida va shirinlik kichik bo‘lakdan iborat bo‘lsin!

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »