Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gretsiyada 23-iyul kuni havo harorati 46 darajani tashkil qilib, ob-havo rekordini yangiladi. Bu haqda Kathimerini xabar berdi.

Foto: Telegraph

Qayd etilishicha, harorat rekordi Peloponnesning chekkasida joylashgan Giteyo shaharchasida qayd etilgan. U yerda harorat 46,4 darajaga ko‘tarilgan. Bu Gretsiyada 2006-yildan beri kuzatilgan eng yuqori harorat bo‘yicha rekorddir.

O‘tgan hafta oxirida Gretsiyada termometr 40 darajadan oshdi, issiqlik tufayli Afina Akropolisi baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun kunduzi yopildi.

Avvalroq Xitoyda havo harorati 52,2 darajaga ko‘tarilib, iyul oyidagi rekordni yangilagandi. Iyul oyi uchun avvalgi rekord 2017-yilda 50,6 daraja issiq bo‘lgan. Iyun oyida esa harorat 39,4 darajani tashkil qilgan.

Shuningdek, Rimda ham harorat rekordi yangilangan, shaharning sharqiy chekkasidagi ob-havo stansiyasi Selsiy bo‘yicha 41,7 darajani qayd etgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »