Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter nomi X ga o‘zgartirilganidan keyin ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask ushbu platforma dunyodagi eng qimmat brendga aylanishini aytdi.

Foto: Twitter

Bu haqda Mask ijtimoiy tarmoqda mutaxassisning Twitter nomi o‘zgarishi 40 milliard dollardan ko‘proqqa tushishi haqidagi so‘zlariga javoban yozdi.

“X Yer yuzidagi eng qimmat brend bo‘ladi. Gaplarimni eslab qoling”, — deb javob berdi Mask.

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, bundan buyon X platformasidagi postlar “tvit” emas, balki “iks” deb nomlanadi.

Mask tez orada ijtimoiy tarmoqqa murakkab kommunikatsiyalar va “barcha moliyaviy operatsiyalardan foydalanish imkoniyatini” joriy qilishni va’da bermoqda. Shuningdek, u kelajakda hamma narsa uchun mo‘ljallangan X deb nomlanuvchi yangi ilovani taqdim qilmoqchi. 

24-iyul kuni Twitter o‘z logotipini ko‘k qushdan X harfi tasvirlangan belgiga o‘zgartirdi. Mask Twitter nomini X deb o‘zgartirish rejalari haqida 1-iyun kuni gapirgandi. U kelajakda ijtimoiy tarmoqning funksional imkoniyatlari kengayishi, shu sababli Twitter brendi bunga mos tushmasligini aytgan. Shuningdek, u yangilanadigan platformada eski Twitter’ga qaraganda uzunroq postlar, videolar chop etish, xabarlar almashish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »