Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Siz qaysi mahsulotlardan tanovul qilasiz?” degan savol har qachongidan ham dolzarbroq. Diyetologlar terining elastikligini uzoqroq saqlashga, ajinlar va pigment dog‘lari paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradigan 10 ta noyob mahsulotni sanab o‘tdi!

Foto: The Voice Mag

Lavlagi

Nima qiladi: organizmni tozalaydi. Lavlagi ideal absorbent vosita deb ataladi va uni muntazam iste’mol qilish terining holatiga tezda ta’sir qiladi: husnbuzarlar yo‘qoladi, yuz rangi yaxshilanadi va teri hujayralari ko‘proq kislorod oladi.

Qancha yeyish kerak: kuniga 1 dona yetarli.

Petrushka

Foto: Google Images

Nima qiladi: terini yoshartiruvchi ushbu mahsulot glutation ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, shifokorlar glutationni barcha antioksidantlarning onasi deb ataydi. Organizmning glutation ishlab chiqarish xususiyati genetik jihatdan aniqlanadi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlarning 30 foizida glutation faolligi yetarli emas.

Qancha iste’mol qilish kerak: kuniga 3-4 ta shoxcha.

Qovoq urug‘lari

Ular qanday vazifa bajaradi: tarkibidagi sink tufayli urug‘lar teri toshmasining oldini oladi, uning elastikligini oshiradi. Shuningdek, sink epidermis hujayralarini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi, ajinlar bilan kurashadi.

Sizga qancha kerak: kuniga bir hovuch yetarli.

Sariyog‘

U nima qila oladi: terini silliqlaydi, qizarishni kamaytirib, epidermisning optimal suv muvozanatini saqlaydi.

Qancha iste’mol qilish kerak: haftasiga bir o‘ram sariyog‘ yuz salomatligi uchun yetadi.

Yog‘li baliq

Nima qilishi mumkin: yog‘ kislotalari yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va u teri, tirnoq va sochning holatini yaxshilaydi. Bolaligimizda hammamiz yomon ko‘rgan baliq yog‘i esa teri yuzasini tekislaydi, mayda ajinlarni kamaytiradi. Teri parvarishi uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri!

Qancha tanovul qilish kerak: haftasiga 300 gramm.

Kakao

Foto: Google Images

Kakaoning foydasi: terini zararli ta’sirlardan himoya qiladi va epidermisdagi yallig‘lanishni kamaytiradi.

Qancha kerak bo‘ladi: kuniga bir choy qoshiq kakaoni ichimlik sifatida ichishingiz yoki, masalan, yogurt yoki bo‘tqa ustiga sepib tanovul qilishingiz mumkin.

Bodom

Nima qila oladi: ushbu mahsulot terining elastikligi uchun qontomir devorlarini mustahkamlaydi va rosatsea(kappilyar tomirlarning kengayishi)ning oldini oladi, chunki uning tarkibida arginin moddasi mavjud.

Qancha kerak: kuniga 10-15 dona bodom iste’mol qilish yetarli.

Tomat pastasi

U nima qila oladi: pomidor tarkibidagi likopen boshqa ko‘plab moddalardan farqli o‘laroq yaxshi so‘riladi va issiqlik bilan ishlov bergandan keyin samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tomat pastasi (tomat sharbati yoki pyuresi) yangi pomidordan ko‘ra foydalidir! Likopen turli zararlardan himoya qiladi va keng tarqalgan eng yaxshi antioksidant hisoblanadi.

Qancha kerak: kuniga 2 osh qoshiq tomat pastasi yoki 1 stakan tomat sharbati.

Limon

Nima qilishi mumkin: toksinlarni organizmdan chiqarib tashlaydi va immunitet tizimini, jumladan, terining himoya funksiyalarini rag‘batlantiradi.

Limondan qancha iste’mol qilish kerak: terini yoshartiruvchi ushbu mahsulotni xohlagancha iste’mol qilishingiz mumkin.

Zanjabil

Foto: Google Images

Zanjabilning foydasi: yallig‘lanishni kamaytiradi, limfa tugunlari faolligini oshiradi, shishlarni ketqazadi, terining elastikligi va zichligini tiklaydi.

Qancha miqdorda tavsiya etiladi: kuniga bir choy qoshiq maydalangan ildizni choyga qo‘shib ichish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »