Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aleksey Navalniyning safdoshlari butun dunyo bo‘ylab “Putin – qotil” deb nomlangan norozilik aksiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi. Aksiya 2023-yilning 20-avgustida, Navalniy zaharlanganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladi.

“Qo‘rquv, zo‘ravonlik, qotillik — Putin hukumati 20 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turgan vositalar. Bularning ilk qurbonlari Rossiyada unga qarshilik ko‘rsatganlar, mamlakatimizning erkin kelajagi uchun kurashganlar bo‘ldi. Endi Putin XXI asrda qo‘shni davlat bilan dahshatli va eng ma’nosiz urushni olib bormoqda, unda har kuni yuzlab va minglab odamlar halok bo’lmoqda. Putin — qotil. Keling, buni eng baland ovozda aytamiz”, — deyiladi Navalniy jamoasining bayonotida.

Telegram’da chop etilgan postga ushbu surat ilova qilingan.

Foto: Telegram

Navalniy jamoasi 20-avgust kuni “xavfsiz mamlakatlarda yashovchi barchani” mitingga chiqishga chaqirdi. Faollardan “Putin – qotil” iborasi bilan video yozish va tayyorlangan tashviqot materiallarini tarqatish so‘ralmoqda.

Jamoaning o‘zi ham Ukrainadagi urush dahshatlari aks etgan videoni Telegram’ga joylagan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Rossiyaning Vladimir viloyatidagi 6-koloniyada jazo o‘tayotgan Aleksey Navalniyga “ekstremizm” bo‘yicha yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Davlat prokurorlari unga yana 20 yillik qamoq jazosi berishni so‘ramoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »