Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning San-Fransisko shahri meriyasi Twitter bosh qarorgohi tomiga o‘rnatilgan ulkan X belgisi yuzasidan shikoyat arizasi bilan murojaat qildi va tekshiruv boshladi. Bu haqda Associated Press yozmoqda.

Foto: AP Photo

Gap shundaki, bino shahar markazida joylashgan, unga yirik obyektlarni o‘rnatish uchun ularning bino dizayniga muvofiqligi haqida, shuningdek, mahkamlagichlarning ishonchliligi haqida xavfsizlik ruxsatnomasi talab qilinadi.

Ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask hafta boshida ko‘k qush tasvirlangan eski logotipni X harfli yangi logotipga o‘zgartirgan edi. Ishchilar bosh qarorgoh binosidan eski logotipni olib tashlashga kirishgan, biroq tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagani uchun politsiya ularni to‘xtatgan. Bundan tashqari, ishchilar xavfsizlik nuqtayi nazaridan demontaj qilinadigan maydon ostidagi piyodalar yo‘lagini to‘smagan edi. Hozir “er” [Twitter so‘zidagi] harflari o‘chirilmagan holda qolmoqda.

Mask Twitter nomini X deb o‘zgartirish rejalari haqida 1-iyun kuni gapirgandi. U kelajakda ijtimoiy tarmoqning funksional imkoniyatlari kengayishi, shu sababli Twitter brendi bunga mos tushmasligini aytgan. Shuningdek, u yangilanadigan platformada eski Twitter’ga qaraganda uzunroq postlar, videolar chop etish, xabarlar almashish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lishini ma’lum qilgan.

“Ijtimoiy tarmoq jadal rivojlanadi, u murakkab aloqa va moliyaviy boshqaruv uchun imkoniyatlar yaratadi. Twitter nomi bu kontekstga mos emas, shuning uchun biz qush bilan xayrlashishga majbur bo‘ldik”, — deb tushuntirgan Mask.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »