Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston qishda elektr energiyasi importini to‘xtatib, Pokiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini faol eksport qiluvchi davlatga aylanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: orbita.kg

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat ko‘proq qishda elektr energiyasi taqchilligiga duch kelganini ta’kidladi. Bu esa elektr energiyasini boshqa davlatlardan bir kilovatt-soati uchun 3 somdan xarid qilishga olib keldi.

“Biz qishda elektr energiyasi importidan butunlay voz kechmoqchimiz. Joriy yil oxiriga qadar qurilishi davom etayotgan yangi GESlar foydalanishga topshiriladi. Maqsadimiz kelajakda elektr energiyasi eksport qiluvchi davlatga aylanish. Kelgusi yilda biz CASA-1000 liniyasi orqali Pokiston va Afg‘onistonga eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Japarov.

Qirg‘izistonning Jahon banki oldidagi majburiyatlari mamlakatni gidroelektr stansiyalarini qurish sur’atlarini tezlashtirishga undadi. Mamlakat yirik suv resurslariga ega bo‘lsa-da, ko‘pincha energetik inqirozlarga duch keladi.

To‘qto‘g‘ul suv omborida suv sathining keskin pastligi, “rejali” o‘chirishlar, qo‘shnilardan elektr energiyasi sotib olish odatiy holga aylangandi.

Mamlakatda elektr energiyasi taqchilligi sababli energetika sohasida 2026-yilgacha favqulodda holat rejimi joriy etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »