Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Britaniyaning The Economist jurnali Xitoyning Tayvanga qarshi ehtimoliy urushga tayyorlanayotganidan dalolat beruvchi belgilar haqida yozdi.

Foto: Getty Images

Nashrning qayd etishicha, so‘nggi o‘n yilliklarda Xitoy ehtimoliy sanksiyalar ta’siridan qochish uchun harbiy va iqtisodiy sohada sezilarli darajada mustahkamlangan. Bundan tashqari, Xitoy hukumati oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiralash orqali mamlakat xavfsizligi haqida astoydil qayg‘urmoqda. Bularning barchasi Pekin urushga tayyorlanayotganidan darak berishi mumkin, deyiladi maqolada.

Nashr maqolasi muallifining fikricha, Xitoy iqtisodiy va harbiy qudratining o‘sishi AQSH manfaatlariga tahdid soladi, bu esa keng ko‘lamli mojaroga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, Tayvan raqib kuchlar o‘rtasidagi eng ehtimoliy qaynoq nuqtaga aylanishi mumkin.

“Xitoy rahbari Si Szinpin o‘z hukumatidagi xavfsizlik xizmati rahbarlariga eng yomon ssenariyga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Balki ular urush holatida Xitoyni imkon qadar o‘zini o‘zi ta’minlay olishini istayotgandir”, — deyiladi maqolada.

AQSH va Xitoy o‘rtasida urush muqarrar emas, ammo xavf yetarlicha yuqori. Shu bois, ekspertning fikricha, G‘arb davlatlari Pekin harakatlarini diqqat bilan kuzatishi, asosiy mahsulotlar va resurslarning yetkazib berilish hajmini tahlil qilishi kerak.

Xususan, neft va gaz ta’minoti, ichki ko‘mir iste’moli, soya va bug‘doy xaridiga e’tibor qaratish lozim.

Kuzatuvchining fikricha, Xitoy xaridlarini sinchiklab kuzatish yaqinlashib kelayotgan hujumdan erta ogohlantirish tizimini yaratadi, chunki ta’minotning keskin ko‘payishi Pekin harbiy amaliyotlar boshlash niyatida ekanini bildiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »